"Benfika" bosh murabbiyi Ruy Vitoriya YECHL 1/8 finalida "Borussiya" D ustidan qozonilgan g‘alabani (1:0) sharhladi.
"Bu albatta, yoqimli g‘alaba . To‘g‘risini aytsam bunday o‘yinlardan so‘ng sharh bildirish qiyin. "Borussiya" - kuchli raqib, bunga qo‘shilaman, ular o‘yinning katta qismida ustunlik qilishdi. Birinchi bo‘limda himoyamizga nimadir yetishmadi, tanaffusda hammmasini joyiga qo‘ydik. Bundan tashqari "Borussiya"ga qarshi standartlardan qanday foydalanishni o‘rgandik, bu yordam berdi.
Dortmundda bizga qiyin bo‘ladi, ammo bizda ham qurollar bor. Kuchayishimiz mumkin bo‘lgan jihatlarimiz bor. Biz kurashdik, g‘alaba shuning vaziga keldi. dersonni tabriklasman, bu darvozabon yana mahorat ko‘rsatdi, bu safar guruh bosqichida juda ko‘p gol urgan jamoaga qarshi", - deydi Vitoriya.