Bugun ko‘hna qit’aning yana bir nufuzli musobaqasi Yevropa Ligasining pley off uchrashuvlariga start beriladi.
1/16 bosqichida Yevropaning eng nomdor jamoalari kuch sinashishadi. UZREPORT telekanali esa mazkur uchrashuvlar orasidan ikkita eng qiziqarli qarama-qarshilikni e’tiboringizga havola etishni rejalashtirgan.
Qadrli muhlislar siz soat 23:00da boshlanadigan “Borussiya M” va “Fiorentina” jamoalari uchrashuvidan so‘ng, soat 01:05da start oladigan “Vilyarreal” va “Roma” klublari qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
“Borussiya M” – “Fiorentina”
16 fevral. Myunxengladbax. Stadion “Borussiya Park”
Hakam: Xesus Xil Mansano (Ispaniya)
“Borussiya M”
Borussiya klubi o‘tgan mavsumni 4-pog‘onada yakunlab YCHLda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan edi. Biroq qur’a natijasidan so‘ng Diter Xekking shogirdlari juda kuchli jamoalar bilan birga C guruhidan o‘rin egallashdi va guruh bosqichida “Barselona” va “Manchester Siti”dan keyingi pog‘onani egallab Yevropa Ligasiga ravona bo‘lishdi. Tan olish kerak bu mavsum myunxenglabaxliklar uchun og‘ir kechmoqda. Jamoa endilikda turnir jadvalining ikkinchi qismida kurashni davom ettirayapdi. Biroq qishki transferlardan so‘nd Xekking shogirdlari o‘z o‘yinlarini biroz bo‘lsada o‘nglashga muvaffaq bo‘lishdi va so‘nggi 3ta bahsda 3ta g‘alabaga ega bo‘lishdi.
“Fiorentina”
Mazkur jamoa esa hozirda o‘zi qatnashayotgan barcha yo‘nalishda o‘zini ancha yaxshi his etmoqda deyish mumkin. “Binafshalar” Yevropa Ligasining guruh bosqichida deyarli qiyinchilikka uchrashmadi va 1-pog‘ona bilan pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Ichki chempionatda esa “Fiorentina” 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsada xalqaro maydon uchun ularni bor yog‘i 5 ochko ajratib turibdi. Paulu Souza shogirdlari so‘nggi 3 turda ikki bor g‘alaba qozonib bir marotaba mag‘lubiyatga uchrashdi (“Roma” – “Fiorentina” 4-0).
Mazkur jamoalar mazkur uchrashuvga qadar o‘zaro biror marotaba to‘qnash kelishmagan.
“Vilyarreal” – “Roma”
16 fevral. Vilyarreal. Stadion. “Estadio-de-la-Keramika”
Hakam: Danni Makkeli (Gollandiya)
“Vilyarreal”
Mazkur qarama qarshilikdagi juftliklar guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yevropa Ligasining finalida ishtirok etish niyatida ekanlarini ham berkitishayotgani yo‘q. Agarda o‘tgan mavsum bilan solishtiradigan bo‘lsak “Sariq suvosti kemasi” joriy yilda barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapdi. Fran Eskirba shogirlari mavsumni omadli boshlashgan bo‘lishsada hozirda turnir jadvalida 6-pog‘onaga tushib qolishgan. Shu bilan birgalikda “Vilyarreal”ni ta’qib etayotgan jamoalar ham bu klubga ancha yaqinlashib qolishdi. Mazkur jamoa so‘nggi 9ta uchrashuvda bor yo‘g‘i 1ta uchrashuvda zafar qucha oldi. Shunda ham autsayder “Granada” ustidan. Bundan ko‘rinib turibdiki “Vilyarreal” sekin asta o‘z o‘rnini yo‘qotib bormoqda.
“Roma”
“Roma” esa aksincha hozirda A seiyada ikkinchi pog‘ona uchun “Napoli” bilan haqiqiy jang olib borishmoqda. “Bo‘rilar” songgi 7ta o‘yindan 6tasida g‘alaba qozonishdi. Ular orasida “Fiorentina”ning yirik hisobda mag‘lub etilgani esa alohida taqsinga loyiq. Yevropa Ligasida esa rimliklar garchand o‘z imkoniyatlaridan 100 foiz foydalana olishmagan bo‘lishsada lekin birinchi pog‘onani baribir ham qo‘ldan boy berishmadi. Barcha muhlislarni hozirda bir savol qiziqtirmoqda “Roma” Yevropa Ligasiga o‘z kuchini sarflarmikan?
Bu ikki jamoa 2004-yilda UEFA kubogining 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash kelishgan va bu qarama-qarshilikdan keyingi bosqich yo‘llanmasi to‘plar nisbatiga ko‘ra ispanlarga nasib etgan edi.
25.03.2004. Roma – Vilyarreal 2-1
11.03.2004. Vilyarreal – Roma 2-0