Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

France Football: haftaning ramziy terma jamoasi

France Football: haftaning ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Kecha nufuzi jihatidan Yevropada ikkinchi o‘rinda turadigan Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 bosqich birinchi uchrashuvlari nihoyasiga yetdi. Chempionlar Ligasi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvlari esa haftaning bezagiga aylandi. France Football nashri bu ikki musobaqa yakuniga ko‘ra o‘z ramziy termasini tuzib chiqdi. Ushbu ramziy terma jamoa 4-2-3-1 sxemasida bo‘lib, ko‘pchiligini bu haftaning so‘zsiz qahramonlariga aylanishgan “PSJ” futbolchilari joy oldi.

Ederson (“Benfika”)

«Benfika» posboni jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Obameyangning penaltisini qaytardi. Bundan tashqari, gabonlik hujumchi bilan bir qatorda, Roys, Pulishichning xavfli zarbalarini bartaraf etib, jamoasining kichik ustunligini ta’minladi.

Toma Menye (“PSJ”)

Menye ushbu ramziy terma jamoadan joy olgan “PSJ”ning besh futbolchisidan dastlabkisidir. O‘z uyida «Barselona«ni «er tishlatgan» «PSJ» himoyachisi haqli tarzda bu terma jamoadan o‘rin olgan. O‘z qanotida Neymarni qurolsizlantira olgan belgiyalik himoyachi hujumda ham samarali o‘yin ko‘rsatdi. Uning katta masofani bosib o‘tib Kavaniga oshirgan uzatmasi yakunda parijliklarning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Benedikt Hyovedes («Shalke 04»)

Gelzenkirxenliklar Yevropa Ligasida o‘zini juda yaxshi his etmoqda. 7 uchrashuvning 6 tasida g‘alaba ! «PAOK»ni mehmonda 3-0 hisobida yenggan «Shalke 04» jamoasi javob uchrashuvi oldidan ajoyib natijaga erishdi. Nemis jamoasi himoyachisi Hyovedes esa grek jamoasi hujumlarini ishonchli tarzda bartaraf etdi. Bundan tashqari hujumda ham jamoasining goliga assistentlik qildi.

Presnel Kimpembe («PSJ»)

Unay Emerining ajoyib kashfiyoti. Jamoa sardori Tiago Silvaning uchrashuvga yaqin qolgan bir paytda jarohat olib o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘lgach, ispaniyalik murabbiy 21 yoshli tajribasiz Kimpembega ishonch bildirdi. MSN boshchiligidagi “Barselona”ga qarshi Kimpembe ajoyib harakat qildi. Parij himoyasi “oqsoqoli” Markinyos bilan ajoyib juftlik hosil qildi.

Emerson (“Roma”)

“Vilyarreal” mehmoni bo‘lgan rimliklar mezbonlarni ayab o‘tirishmadi. Yevropa Ligasi 1/16 bosqichi dastlabki uchrashuvidayoq keying bosqich masalasini amalda hal qilishdi. “Roma”ning braziliyalik himoyachisi esa o‘z qanotida ajoyib harakat qildi. Uning uzoqdan bergan zarbasi ajoyib gol bilan yakunlandi.

Marko Verratti (“PSJ”)

Parijliklar yarim himoyasining yetakchisi Verratti kataloniyaliklarga qarshi o‘zining eng yorqin uchrashuvini o‘tkazdi. Raqibga tinimsiz uyushtirilgan bosimlar, yarim himoyadagi sheriklarini to‘ldira olishi, uzoq va yaqin masofalarga aniq to‘p uzatishlari bilan italiyalik futbolchi uchrashuvning qahramonlaridan biriga aylandi.

Adryen Rabyo (“PSJ”)

Unay Emeri jamoasining navbatdagi qahramonlaridan biri Rabyo bo‘ldi. Tiago Mottaning diskvalifikasiyasi sababli tayanch yarim himoyachisi vazifasini o‘tashi kerak bo‘lgan Adren bahsdan oldin ko‘pchilik futbol mutaxassislari tomonidan shubha bilan qaraldi. Matyuidi bilan birga “Barselona” hujumchilarini “qurolsizlantirdi”.

Anxel Di Mariya (“PSJ”)

2017-yilni argentinalik futbolchi ajoyib tarzda boshladi. Birinchi mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkaza olmagan Di Mariya atrofida turli mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. Yangi yildan esa Anxel Di Mariya o‘zining mahoratini qayta namoyon eta boshladi. «Barselona»ga qarshi bahsda ikkita bir-biridan chiroyli gollar muallifiga aylandi. Butun o‘yin davomida juda faol o‘yin ko‘rsatdi.

Tiago Alkantara («Bavariya»)

«Arsenal«ni ayab o‘tirmagan «Bavariya» tarkibida Tiago Alkantara dublga erishdi. «To‘pchilar» himoyasini o‘ta qiyin ahvolda qoldirgan ispaniyalik futbolchi jamoasining eng faol o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Karim Benzema («Real» Madrid)

«Napoli«ga qarshi bahsda Benzema ajoyib harakat qildi, deya olamiz. O‘yinning boshidayoq qulay imkoniyatni ko‘kka sovurgan bo‘lishiga qaramay, jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Karvaxalning uzatgan ajoyib zarbasini boshi bilan Pepe Reyna qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Uning bu goli Chempionlar Ligasidagi 51-goli bo‘ldi va Karim hamyurti Terri Anridan o‘zib ketdi.

Edin Jeko («Roma»)

Yevropa Ligasining 1/16 bosqichi so‘zsiz «Roma»ning bosniyalik hujumchisiga ataldi. Mehmonda «Vilyarreal» jamoasini 4-0 hisobida yenggan rimliklar safida Edin Jeko xet-trik muallifiga aylandi. 8 gol bilan Jeko Yevropa Ligasi to‘purarlar bahsida yetakchilikni mustahkamlab oldi. Butun mavsum mobaynida esa Jeko hisobida 28 gol bor.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:54, 18.02.2017.
O'qildi: 7602 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.