Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

La liga. «Real» Kataloniya klubini mag‘lub etdi

La liga. «Real» Kataloniya klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Espanyol"ni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Zidan bu bahsda asosiy tarkibning bir nechta futbolchilariga dam berishga qaror qildi. Madridliklarni 22 yanvar kuni "Valensiya"ga qarshi qoldirilgan uchrashuv kutib turibdi. Shu bois bo‘lsa kerak, jamoa bu bahsni kuch tejagan holda o‘tkazdi, desak xato bo‘lmasa kerak.

Uchrashuv sekin tepmda boshlangan bo‘lsa-da, "Real" bosimni oshirib bordi hamda 33-daqiqada hisobni ochdi. Isko tomonidan yetkazilgan uzatmani Alvaro Morata bosh bilan darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ha deganda raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Bu esa qaltis vaziyat bo‘lib, "Espanyol" birgina hujum orqali hisobni tenglashtirib qo‘yishi mumkin edi. O‘yinning 71-daqiqasida maydonga Beyl tushdi va o‘z qaytishini gol bilan nishonladi. Bahsning 83-daqiqasida "Real" qarshi hujum tashkil qildi. Iskoning uzatmasidan keyin Beyl yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va olis burchakni aniq nishonga oldi.

Ronaldu bu o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi, ammo unda gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shib berilgan daqiqalarda kataloniyalik himoyachi o‘z jarima maydonchasi ichida Ronaldu tortib yiqitdi. Malyenko penalti belgilash maqsadida qo‘l bilan ishora qilgandi, ammo laynsmen bayrog‘ini ko‘tarib, noto‘g‘ri ofsayd qayd etdi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Real" o‘z ochkolarini 53taga yetkazdi va "Barselona" bilan oradagi farqni 4taga oshirdi.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Real Madrid – Espanyol 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Morata, 2:0 – 83 Beyl.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Nacho (Marselo, 81), Karvaxal, Pepe, Kovachich (Kazemiro, 61), Kroos, Isko, Vaskes, Ronaldu, Morata (Beyl, 71).
Espanyol – Lopes, Duarte, Karikol, Reyes, Diop, Xavi Fuego, Lopes Silva, Xurado (Vaskes, 82), Reyes (Peres, 46), Pyatti, Moreno.
Ogohlantirishlar: Moreno (28), Kovachich (41), Isko (48), Xavi Fuego (53), Diop (68), Karikol (80), Kazemiro (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:08, 18.02.2017.
O'qildi: 11983 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.