Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Kapello va Kroyf to‘qnashuvi

Kapello va Kroyf to‘qnashuvi

Baho:
+ | -

Fabio Kapello Chempionlar Kubogidagi bahsda Yoxan Kroyfga yut­qazib, 20 yildan so‘ng «o‘ch» olgan. Soccer.ru ushbu yetuk mutaxassislar o‘rtasidagi qoyilmaqom raqobatga yana bir bor nazar tashladi.

Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi Fabio Kapello va futbol afsonalaridan biri Yoxan Kroyf­ni bir jihat bog‘lab turadi: ular ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng yirik mukofoti uchun bellashishgan. Ushbu ajoyib voqealarga to‘rt klub aloqador bo‘lgan, asosiy voqealar esa 20 yil mobaynida ro‘y bergan.

Birinchi to‘qnashuv

«Ayaks» va Kroyf - chinakam gegemonlar

1973 yil 30 may, Belgrad. Chempionlar Kubogi finali.

«Ayaks»-«Yuventus» - 1:0

Gol: Jonni Rep (4).

70-yillar boshida «Ayaks» Yevropa arenalarida yakkahokimlik o‘rnatdi. Amsterdamliklar 1971 va 1972 yillarda Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritishgach, «Yuventus»ga qarshi bahsda qatorasiga uchinchi marta «ko‘hna qit’a»ning eng kuchli jamoasi nomini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi. «Ayaks» final yo‘lida «Bavariya» va «Real» to‘sig‘idan osonlikcha o‘tgan, «Yuventus» esa Vengriyaning «Uypesht» hamda Angliya chempioni «Derbi Kaunti» bilan o‘yinlarda muammolarga yo‘liqqandi. O‘sha kezlari Turin klubi bosh direktor Italo Allodining turli firiblari tufayligina finalgacha yetib borgani haqida ko‘plab dalillar mavjud.

26 yoshga to‘lgan Kapello «A» seriyada SPAL va «Roma» safida o‘ynab, to‘rt yil avval «Yuventus»ga o‘tgandi. Uning «Keksa sinyora» safiga qo‘shilishiga aynan Allodi sabab bo‘lgan, bu esa Rimda ko‘pchilikni ranjitgandi. Fabio Italiyada kuchli futbolchi hisoblansada, raqobatchisi Kroyfdan farqli o‘laroq, Yevropa yulduzi emasdi. Gollandiya afsonasi ham o‘shanda 26 yoshda edi. Yoxan «Ayaks» safida Chempionlar Kubogining ikkita finalida g‘olib chiqishga ulgurgan, bir yil avvalgi hal qiluvchi bahsda «Inter» darvozasiga ikkita to‘p kiritib, «dubl» qayd etgandi. Natijada, 1971 yili «Oltin to‘p»ga munosib ko‘rilgan.

Garchi mazkur bahsda kichik hisob qayd etilgan bo‘lsada, «Ayaks» raqibi ustidan katta ustunlikka ega bo‘ldi. Belgraddagi stadionga to‘plangan 100 mingga yaqin tomoshabin total futbolning ilk namunalarini ko‘rishdi, ammo ko‘p gol kuzatilmadi. Bunga amsterdamliklarning hujumni yakunlashdagi noaniqliklari hamda shu kuni «Keksa sinyora» futbolchilari orasida maydonni mag‘rur holda tark etgan yagona futbolchi - Dino Zoffning matonati sabab bo‘ldi. O‘rta chiziqda to‘p surgan Fabio Kapello, Juzeppe Furino hamda Franko Kauzio «Ayaks»­ning haqiqiy kuchini his etib, betakror Kroyf va uning sheriklari mahorati oldida ojiz qolishdi.

«Yuventus» barcha jabhalarda yut­qazdi, buni barcha - futbolchilar, murabbiylar va shaxsan Kapelloning o‘zi ham yaxshi tushunib turardi. Lekin o‘shanda g‘urur buni tan olishga yo‘l qo‘ymadi. Oradan 25 yil o‘tgach, don Fabio ichidagi gaplarni to‘kib soldi: «O‘shanda «Ayaks» butunlay boshqacha darajadagi jamoa edi, shu qadar kuchli ediki, unga qarshi hech narsa qilolmadik». To‘g‘ri, Kapelloning bu ta’kidi Kroyf bilan sodir bo‘lgan ikkinchi to‘qnashuvdan so‘ng, ya’ni murabbiylik faoliyatiga keskin ta’sir etgan voqea­dan keyin yangradi.

Ikkinchi to‘qnashuv

Kapelloning shafqatsiz «qasos»i

1994 yil 18 may, Afina. Chempionlar Kubogi finali.

«Milan»-«Barselona» - 4:0

Gollar: Massaro (22, 45+2), Savichevich (47), Desayi (58).

Qahramonlarimiz bu safar 47 yoshda edilar. Kapello «Yuventus»dan so‘ng «Milan»da o‘ynab, 1979 yili futbolchilik faoliyatini yakunlab, bir necha yillardan so‘ng aynan «rossoneri»ga ustozlik qildi. Kroyf esa 37 yoshgacha to‘p surdi, keyinchalik murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Aytish joizki, Fabio bilan navbatdagi raqobatga kirishish chog‘ida gollandiyalik erishgan muvaffaqiyatlar salmoqliroq ko‘rinish kasb etgandi. Ha, Kapello «Milan» bilan ketma-ket skudetto sohibiga aylandi, biroq Kroyf ham 90-yillarda «Barselona» bilan Ispaniyada yetakchilikni hech kimga bermadi. Qo‘shimchasiga, Yoxan Yevropa miq­yosidagi sovrinlarga ega chiqqandi: Chempionlar Kubogi, ikkita Kubok egalari kubogi, UYEFA superkubogi.

Navbatdagi to‘qnashuv arafasida Kroyf «Milan»ni jozibasiz, futbolga xos bo‘lmagan o‘yin ko‘rsatishda ayblab, OAVni larzaga soldi. O‘ziga haddan ziyod yuqori baho qo‘ygan gollandiyalik afsona «Barselona» italyanlarni bir oyoqda mag‘lub etishiga ishonardi. Kapello esa ayni vaziyatdan mohirona chiqdi. O‘yin boshlanishi arafasida don Fabio kiyinish xonasida shogirdlariga raqibining shov-shuvli gaplarini ko‘rsatib, qisqa nutq so‘zladi: «Hamma tushundimi? Agar o‘zingizni hurmat qilsangiz, bugun yut­qazishga haqqingiz yo‘q. Ana endi - olg‘a!»

Garchi «Barselona» Afinadagi finalning yaqqol favoriti hisoblansada, shu kuni «Milan»ni hech bir klub to‘xtatolmaydigandek edi. Kapello shogirdlari Kroyf boshchiligidagi yulduzlar jamoasini tor-mor etishdi, maydonda Kuman, Gvardiola, Romario va Stoichkovning to‘p surayotgani ham ahamiyatini yo‘qotgandi. Bu - buyuk g‘alaba hamda italiyalik murabbiyning 21 yillik tanaffusdan so‘ng olgan shafqatsiz «qasos»i. Don Fabio tabiatan revanshga o‘ch, uning uchun Kroyfni mag‘lub etish darhaqiqat, juda muhim edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 19.02.2017.
O'qildi: 6604 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.