"Nasaf"ning bir qator futbolchilari bu yildan O‘zbekiston Birinchiligida ishtirok etadigan “Surxon” jamoasida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
Muqaddam “Nasaf-2” jamoasida o‘ynagan Botirjon To‘rayev “Surxon” jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin. Yarim himoyachi Akbar Murodov va himoyachi Najmiddin Normurodov “Surxon”da ijara asosida to‘p tepishadi.