Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Viktor Kumikov: "Joriy mavsumda jamoa sharafini himoya etuvchi tarkibimiz aniq bo‘ldi"

Viktor Kumikov: "Joriy mavsumda jamoa sharafini himoya etuvchi tarkibimiz aniq bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Olmaliq"ning Antaliyada tashkil etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetdi.

Jamoa dastlabki xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 11-25 yanvarda tashkil etgandi. Yig‘in davomida uch marta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgandi. 30 yanvarda jamoa navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlarini ham xorijda, Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirish uchun yo‘l oldi. Bu galgi jarayon 20 fevralga qadar davom etdi.

Bu vaqt mobaynida jamoa 6ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bunda 1 g‘alaba, ikki durang va 3 mag‘lubiyat qayd etildi. Har ikki yig‘inda jamoa safida bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishdi. Umumiy xulosa qilsak, jamoaning yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayoni reja asosida a’lo darajada o‘tdi.

Yig‘in yakunida jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan qiziqdik.

- Jamoamizning bu galgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ham rejalashtirganimizdek o‘tdi. Yig‘in davomida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazib, turli taktik ishlanmalarni sinovdan o‘tkazdik. Bu o‘yinlarda natija birinchi o‘ringa qo‘yilmaydi. Eng asosiysi futbolchilarni nechog‘li mavsumga tayyorligini ko‘zdan kechirib oldim. Ayni vaqtda 2017 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya etuvchi tarkibimiz aniq bo‘ldi. Mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi 24 fevraldan Toshkentda davom ettiriladi va u "Buxoro" bilan o‘tadigan birinchi tur o‘yiniga qadar bo‘ladi. Bu oraliqda yana bitta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejaga kiritganmiz.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 11:15, 21.02.2017.
O'qildi: 5975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.