Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Chempionlar Ligasi: bu hafta o‘ynaydigan jamoalar hozir qanday holatda?

Chempionlar Ligasi: bu hafta o‘ynaydigan jamoalar hozir qanday holatda?

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali dastlabki o‘yinlari davom etadi. O‘tgan haftadagi bir-biridan qiziqarli o‘yinlardan keyin ushbu haftada bizni «Bayer» – «Atletiko», «Manchester Siti» – «Monako», «Portu» – «Yuventus» va «Sevilya» – «Lester» bahslari kutib turibdi.

«Bayer» (Leverkuzen, Germaniya) – «Atletiko» (Madrid, Ispaniya)

Ushbu jamoalarning ikki yil oldingi to‘qnashuvi juda qiziqarli bo‘lgandi. Ikkala o‘yinda ham g‘olib aniqlanmagach, bu ish penaltilar seriyasi yordamida amalga oshirilgan va madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bugungi bahsda ham oxirgi paytlarda ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsatolmayotganiga qaramay «Atletiko» favorit sifatida ko‘rilmoqda – madridliklar o‘tkazgan so‘nggi 8 o‘yinning 3 tasidagina g‘alaba qozona oldi. Shunday bo‘lsa ham Diyego Simeone shogirdlari La Ligada kuchli to‘rtlikka qaytishni uddaladi, Xixonning «Sporting» klubiga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda esa Kevin Gameyro La Liga tarixidagi ikkinchi eng tezkor xet-trikni qayd etdi (5 daqiqadan kam vaqt ichida).

Yevropa musobaqalarida o‘z maydonida 10 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan «Bayer»ning hozirgi formasini ham kuchli deb bo‘lmaydi – jamoa so‘nggi 7 o‘yindan faqat uchtasidagina g‘alaba qozongan, Bundesligada esa sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Leverkuzenliklar ushbu mavsumda Yevropa Ligasi o‘rni uchun kurashga endi qo‘shilmoqda.

«Manchester Siti» (Manchester, Angliya) – «Monako» (Monako, Fransiya 1 Ligasi)

O‘zining so‘nggi 20 yil ichidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazayotgan «Monako» nafaqat Fransiyada, balki butun Yevropada ham yaxshigina dovrug‘ qozonmoqda. 1 Liga peshqadamlari har o‘yinda o‘rtacha 3 tadan gol urib kelmoqda va so‘nggi 12 o‘yinda mag‘lubiyat nimalagini bilmagan. Oxirgi o‘yinda esa «Monako» «Bastiya» maydonida durang o‘ynab, ochko yo‘qotdi.

«Manchester Siti» esa o‘zi duch kelgan inqirozni bartaraf etib, asta-sekinlik bilan tiklanib, mavsum boshida ketma-ket 10 g‘alabaga erishilgan davrdagi formasini qaytarmoqda. So‘nggi o‘yinda esa Angliya Kubogi doirasida ikkinchi divizion vakili «Hadlsfild Taun» bilan nursiz durang qayd etidli.

«Portu» (Portu, Portugaliya) – «Yuventus» (Turin, Italiya)

Ushbu bahs afsonaviy darvozabonlar Iker Kasliyas va Janluiji Buffonning 17-qarama-qarshiligiga sabab bo‘ladi. Umumiy hisobda ispaniyalik darvozabon ustun bo‘lsa-da, Chempionlar Ligasida Buffonning natijalari yaxshiroq. Shubhasiz, ushbu to‘qnashuvda so‘nggi 7 o‘yinda g‘alaba qozonib kelayotgan «Yuventus favoritdir.

Biroq «Portu» ham so‘nggi 6 o‘yinda g‘alaba qozonib, Portugaliya chempionati peshqadami «Benfika» bilan orasidagi farqni 1 ochkogacha qisqartirishga erishdi. Yanvarda jamoa safini to‘ldirgan «yangi Xalk» deya ta’riflanayotgan braziliyalik Fransisko Soaresh portuliklar hujum chizig‘ini kuchaytirgani shubhasiz, biroq jamoa sermahsullik ko‘rsatmoqda, deyish qiyin.

«Sevilya» (Sevilya, Ispaniya) – «Lester» (Lester, Angliya)

La Ligada «Real» va «Barselona» ta’qib qilib kelayotgan «Sevilya» 1958 yildan buyon chorak finalida o‘ynamagan Chempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan. Andalusiyaliklar qanchalik yaxshi formada ekanliklarini «Real»ning 40 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasash orqali ko‘rsatdi. Ijaraga olingan Stevan Yovetich esa jamoaning hujumini yanada jonlantirdi.

«Lester»ning hozirgi formasi borasida esa yaxshi gaplar aytish qiyin. «Tulkilar» tarixga Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, keyingi mavsumda yuqori divizionni tark etgan ikkinchi jamoa sifatida kirish ostonasiga juda yaqin turibdi. Biroq Chempionlar Ligasida «Lester»dan balki syurpriz kutish mumkindir.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 13:02, 21.02.2017.
O'qildi: 9638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.