Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Bugun UZREPORT TV telekanalida futbol marafoni

Bugun UZREPORT TV telekanalida futbol marafoni

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Ligasi, Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib, telekanalimiz shu kungi barcha muhim futbol uchrashuvlarini jamlashga harakat qiladi.

Demak, bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da Yevropa ligasi 1/16 final javob o‘yinidan o‘rin olgan “Sent-Etyen” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi boshlanadi. Ushbu o‘yinning 1-taymi tugagach, soat 22:45da Ispaniya chempionati 16-turining qoldirilgan uchrashuvi “Valensiya” – “Real Madrid” o‘yini boshlanadi. “Sent-Etyen” – “MYU” o‘yinining 2-taymi va “Valensiya” – “Real Madrid” uchrashuvining 1-bo‘limi onlayn tarzda, bir vaqtning o‘zida translyasiya qilinadi. Ikkala uchrashuvdagi gollar hamda muhim vaziyatlar jonli efirda namoyish qilinadi.

“Sent-Etyen” – “MYU” o‘yini tugagach, muxlislar e’tibori “Mestalya” stadionida davom etayotgan uchrashuviga qaratiladi va “Valensiya” – “Real Madrid” o‘yinining 2-taymi to‘liq efirga uzatiladi.

Bu o‘yin o‘z yakuniga yetgach, UZREPORT TV telekanalida Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Portu” – “Yuventus” uchrashuvi translyasiyasi boshlanadi.

Shu tariqa tomoshabinlar UZREPORT TV telekanalida soat 21:50dan boshlab uzluksiz 02:45gacha davom etadigan futbol marafonidan bahra olishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 14:31, 22.02.2017.
O'qildi: 26262 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.