Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Nasaf” nazorat o‘yinida “Qizilqum”ga yutqazdi

“Nasaf” nazorat o‘yinida “Qizilqum”ga yutqazdi

Baho:
+ | -

“Nasaf” Toshkentda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Nazorat uchrashuvining birinchi bo‘limida quyidagi futbolchilarimiz maydonda harakat qilishdi: 35.Sanjar Quvvatov, 22.igor Golban, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov (s), 14.SHarof Muhitdinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 27.Islom Rashidxonov, 20.Islom Kenjaboyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 9.Dilshod Xushbakov, 69.Dragan Cheran.

Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev, Sherzod A’zamov kichik jarohatlari borligi tufayli jamoaga yordam berisha olishmadi.

Doniyor Narzullayev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov, Azizjon G‘aniyev mamlakatimizning 23 yoshlilar terma jamoasiga jalb etilganlari bois, ular ham nazorat uchrashuvida maydonga tushishmadi.

Uchrashuv birinchi bo‘limida hisob 17-daqiqada Dragan Cheran tomonidan ochildi. Maydonning o‘ng qanotidan tashkil etilgan tezkor hujumda, Cheran chiroyli tarzda “Qizilqum” darvozasini ishg‘ol qildi – 1:0.

Birinchi bo‘limning 43-daqiqasida konchilar oradagi hisobni tenglashtirishga erishdilar. Golga Jasur Hasanov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limning boshi, 47-daqiqada yana Dragan Cheran jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi 2:1.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasiga kelib, “Qizilqum” jamoasi yana oradagi hisobni tenglashtirdi. Bu golni “Nasaf”ning sobiq o‘yinchisi Ilhom Yunusov kiritdi – 2:2.

67-daqiqaga kelib “Nasaf” yana hisobda oldinga o‘tib oldi, jamoamizning navbatdagi goliga Dilshod Xushbakov muallif bo‘ldi -3:2.

Ushbu goldan so‘ng, aniqrohi o‘yinning 67-daqiqasida murabbiylarimiz jamoamiz tarkibida birdan uchta o‘zgarish qilishdi. Maydonda harakat qilgan Dilshod Rahmatullayev, Dragan Cheran va Igor Golbanlar o‘rniga, Shaxboz Erkinov, G‘olib G‘aybullayev va Sirojiddin Qo‘ziyevlar tushirildi. 75-daqiqada esa Sanjar Quvvatov o‘z o‘rinini yosh darvozabonimiz Umidjon Ergashevga bo‘shatib berdi.

Bu o‘zgarishlardan so‘ng, “Qizilqum” jamoasi hisobni yana tenglashtirishga erishdi. Konchilarning navbatdagi goli, ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Samandar Shodmonov tomonidan 85-daqiqada kiritildi.

Hisobni yanada yiriklashtirish uchun jamoamizda bir qancha qulay vaziyatlar bo‘lgan bo‘lishiga qaramasdan, tashkil etilgan hujumlar samarasiz yakunlanaverdi.

Nazorat uchrashuvining 88-daqiqasiga kelib, Samandar Shodmonov tomonidan kiritilgan yana bir gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Nazorat uchrashuvi. 22.02.2017
“Nasaf” (Qarshi) – “Qizilqum” (Navoiy) 3:4 (1:1)
“Bunyodkor” FA sun’iy maydoni
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov
Qanot hakamlari: Sultanmurod Ulfatov, Andrey Snetkov

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 22.igor Golban, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov (s), 14.SHarof Muhitdinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 27.Islom Rashidxonov, 20.Islom Kenjaboyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 9.Dilshod Xushbakov, 69.Dragan Cheran.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Umidjon Ergashev, 8.Sirojiddin Qo‘ziyev, 15.SHaxboz Erkinov, 5.G‘olib G‘aybullayev.

“Qizilqum”: Umid Xonimqulov, Alisher Yusupov, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullayev, Voxid Shodiyev, Azizbek Usmonov, Fayzullo Qambarov, Jasur Hasanov, Azamat Allaniyozov, Ilhom Yunusov, Shukurali Po‘latov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Rustamov, Samandar Shodmonov.

“Nasaf” bugundan kichik ta’tilga chiqdi. Futbolchilarimiz 26 fevralda o‘z qarorgohlarida yig‘ilishadi va chempionat 1-turiga tayyorgarliklarni boshlashadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:56, 22.02.2017.
O'qildi: 7173 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.