Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Real» «Mestalya»dan quruq qaytdi

«Real» «Mestalya»dan quruq qaytdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida "Valensiya" va «Real» o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan o‘yin muxlislarni katta hayajonda ushlab turdi.

"Mestalya"dagi uchrashuv, hech kim kutmaganda, juda dahshatli boshlandi. Dastlabki 10 daqiqa ichida "ko‘rshapalaklar" raqib darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Simone Dzadza mehmonlar jarima maydonchasi ichida qabul qildi va 180 gradusga aylangancha zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

"Qirollik klubi" hali o‘ziga kelishga ulgurmasdan "Valensiya" yana bitta gol urdi. Varan maydon markazida to‘pni yo‘qotib qo‘yishi natijasida mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi va Fabian Orelyana yakkama-yakka vaziyatda Keylor Navas darvozasiga to‘pni joyladi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib maydon egalari uchinchi to‘p kiritishi mumkin edi. Chap qanotdan berilgan uzatma natijasida Munir el-Haddodiy jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p Marseloning oyog‘iga tegib yuqoriga ko‘tarilib ketmaganida, Navas bu zarbani qaytarishi qiyin bo‘lardi.

Shundan so‘ng "Real" o‘ziga kelib oldi va birin-ketin xavfli vaziyatlarni yarata boshladi. Bahsning 15-daqiqasida Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi ustun tomon uzatma berdi. Xames o‘tkir burchak ostida to‘pni darvoza tomon burdi. Ustun yoniga yetib kelgan himoyachi ko‘kragi bilan to‘pni qaytarib qoldi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va "to‘qqizlik" tomon aniq zarba berdi. Diyego Alves to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. "Valensiya" pleymeykeri Deniyel Parexo ijrosidagi xavfli jarima zarbasini Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida, nihoyat, Zidan shogirdlari hisobni bittaga qisqartirishdi. Chap qanotdan Marselo yetkazgan uzatmani Ronaldu bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan bir daqiqa o‘tib Krishtianu hisobni tenglashtirishi mumikin edi: uning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan keyin to‘p Mangalyaning oyog‘idan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi.

Hisobning qisqarishi "ko‘rshapalaklar"ning ikkinchi bo‘limdagi konsentrasiyasini yanada oshirdi. Zidan jamoasi asosan qanotlardan hujumlar  tashkil qilishdi. "Qirollik klubi" futbolchilariga so‘nggi zarbani berishda yo aniqlik yetishmadi, yoki himoyachilar bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Aksincha, valensiyaliklar ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Har ikkala vaziyatda Keylor Navas yakkama-yakka vaziyatlar Parexo va Dzadzaning zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuv hakami har ikkala jamoa foydasiga bir martadan penalti bermaganini ta’kidlash lozim.

Shu tariqa, "Valensiya" g‘alabani saqlab qoldi va o‘z ochkolarini 26taga yetkazgancha, jadvalda 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Real" esa, yana bir zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda, "Barselona"dan 1 ochko oldinda bormoqda. Ispaniya La ligasida chempionlik uchun kurash hali davom etadi!

Ispaniya chempionati, 16-turning qoldirilgan o‘yini
VALENSIYA - REAL MADRID 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Dzadza, 2:0 – 9 Orelyana, 2:1 – 44 Ronaldu.
Valensiya – Diyego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Dzadza (Suares, 74), Munir.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Dzadza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:54, 23.02.2017.
O'qildi: 11191 marta.
Fikrlar: 48 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.