Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Chempionlar ligasida, «Lokomotiv» va «Bunyodkor» o‘yinlarining chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar ligasida, «Lokomotiv» va «Bunyodkor» o‘yinlarining chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kelayotgan hafta Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Toshkent klublari 2-tur o‘yinlarida maydonga tushadi.

27 fevral kuni «Lokomotiv» o‘z uyida Amirliklarning «Al-Ahli» klubini qabul qilsa, 28 fevral kuni «Al-Ayn» «Bunyodkor» stadionida mehmon bo‘ladi.

Bellashuvlar uchun chiptalar sotuvga chiqib ulgurmadi. «Lokomotiv» vakilining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, chiptalar uch xil toifada bo‘ladi va sektoriga qarab 10, 15 hamda 35 ming so‘mdan sotiladi. Avval xabar qilinganidek, 55 yoshdan katta muxlislar o‘z pasportlarini ko‘rsatganlari holda «Lokomotiv» stadionidan bepul chipta olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotga ko‘ra, yaqin orada «Lokomotiv» stadioni kassasi terminal bilan ta’minladi va chiptalarni plastik kartochkaga sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

«Al-Ahli» klubiga qarshi bellashuv dushanba kuni 16:00 da start oladi. 1-turni Saudiyada o‘tkazgan «temiryo‘lchilar» Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etayotgan va «Al-Ittihod» turnirdan chetlashtirilgani uchungina musobaqaga qo‘shilgan «At-Taavun»ga 0:1 hisobida imkoniyatini boy bergandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
«A» guruhi. 2-tur
27 fevral, dushanba

«Lokomotiv» — «Al-Ahli» (BAA) — 16:00

«Bunyodkor»ning seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yini chiptalari sotuvga chiqib ulgurmadi. Klub vakilining ma’lum qilishicha, chiptalar kassada ko‘rinish berganida 15 va 30 mingdan sotiladi. Ularni plastik kartochkalarga xarid qilish imkoniyati mavjud.

«Bunyodkor» o‘z uchrashuvini 18:00 ga tayin qilgan. Klub guruh bosqichini Saudiyada «Al-Ahli»dan 2 ta javobsiz gol o‘tkazish bilan boshlagandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
«C» guruhi. 2-tur
28 fevral, seshanba

«Bunyodkor» — «Al-Ayn» (BAA) — 18:00

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:43, 23.02.2017.
O'qildi: 9657 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик