Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

"Real"ning mag‘lubiyati La Ligaga intrigani qaytardi

"Real"ning mag‘lubiyati La Ligaga intrigani qaytardi

Baho:
+ | -

Avval Karlo Anchelotti, keyin Rafael Benites va mana endi Zayniddin Zidan.

Bu murabbiylar boshchiligidagi «Real» «Mestalya»da g‘alaba nimaligini bilmayapti. Bu safargi mag‘lubiyat esa La Ligaga intrigani qaytarganday bo‘ldi. To‘satdan murabbiy almashinuvi tufayli yana bir mavsum Primerada jon saqlash uchun kurashda qolib ketganiga qaramay «Valensiya» grandlarga osonlikcha taslim bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi.

2014/2015 yilgi mavsumda «Valensiya» Anchelottining 22 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga chek qo‘yib, «Real»ning o‘sha mavsumdagi inqirozini boshlab bergan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda o‘zining sobiq murabbiyi Benites boshchiligidagi madridliklar bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Bu noxush an’anaga chek qo‘yishga umid qilgan Zidan esa o‘yinning 10-daqiqasidayoq raqibning ikki gollik ustunligini yo‘q qilish vazifasiga duch keldi.

Rafael Varan xatoga yo‘l qo‘ygan ikki vaziyatda Dzadzaning ajoyib goli va qarshi hujumning Fabian Orellyana tomonidan mohirona yakunlanishi «Valensiya»ga shunday ustunlikni taqdim etdi. Ronalduning birinchi bo‘lim oxirida boshi bilan urgan goli esa mag‘lubiyatdan qutulishga yetarli bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limni «Real» katta ustunlikda o‘tkazganiga qaramay, hatto uchinchi golni o‘tkazib yuborishi, Ramos va Varan maydondan chetlatilishi ham mumkin edi.

Yana bir qiziqarli jihati – bu bahs Chempionlar Ligasi o‘yinlari bilan bir kunda o‘tkazidi, zero u dekabr oyida «Real»ning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtiroki tufayli qoldirilgan o‘yin edi. Endi madridliklar hisobida raqiblaridan bitta kam o‘yin qolmoqda – bu Galisiyaga yopirilgan to‘fon tufayli qoldirilgan «Selta»ga qarshi o‘yindir. Ha, o‘sha «Real»ni «Santyago Bernabeu»da mag‘lub etib, Qirol kubogidan chiqarib yuborgan «Selta».

«Real» hozirda ikkinchi o‘rindagi «Barselona»dan bir ochko ko‘p jamg‘argan holda La Ligada yetakchilik qilmoqda. «Valensiya» bilan o‘yingacha madridliklar zaxirasida 6 ochko borligi aytilayotgan edi, endi bunday «ochkolar» soni 3 taga qisqardi. Ehtimoliy 4 ochkolik ustunlik ham 7 ochkolik ustunlik kabi yirik emasligi inobatga olinsa, «Barselona» va «Sevilya»da chempionlik uchun kurashga qo‘shimcha ishtiyoq paydo bo‘lgani tabiiy.

O‘yinning ikkinchi bo‘limda Xames Rodriges o‘rniga Garet Beyl maydonga tushgach, 2016/2017 yilgi mavsumda ilk marta Zidanning ideal tarkibi maydonda harakat qildi, biroq bu ham yetarli bo‘lmadi. Dam olish kunlari bo‘ladigan keyingi turda «Barsa»ni «Atletiko»ga qarshi qiyin o‘yin kutib turgan bo‘lsa, «Real» mehmonda bundan oson bo‘lmaydigan «Vilyarreal» bilan o‘yinda qatnashadi.

«Real» hali ham peshqadam ekanligiga qaramay, «Valensiya»dagi kabi xatolarga yo‘l qo‘ysa, «El-Klasiko»gacha vaziyat uning zarariga o‘zgarishi mumkin. To‘g‘ri, «Barselona» ham hozir yaxshi holatda emas: o‘tgan hafta «PSJ»dan 4:0 hisobidagi mag‘lubiyat va «Leganes» ustinda qozonilgan 2:1 hisobidagi qiyin mag‘lubiyat bunga dalolatdir. Shunday ekan, «Real» 2011/2012 yildan buyon qo‘lga kiritolmayotgan chempionligiga erishish uchun hozir ham favorit bo‘lib turibdi. Lekin buning uchun madridliklardan xatolarni kamaytirish talab etiladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:10, 23.02.2017.
O'qildi: 11453 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.