Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Luis Enrike jamoasining an’anaviy uslubidan voz kechmoqchi

Luis Enrike jamoasining an’anaviy uslubidan voz kechmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike “PSJ”dan uchralgan qaqshatgich mag‘lubiyat va «Leganes» ustidan qiyinchilik bilan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z jamoasida taktik o‘zgarish qilish niyatida.

“Park de Prens”dagi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin jamoa ustozi Luis Enrike TV3 kanali jurnalisti Xordi Frau bilan bo‘lgan suhbatda o‘yindagi taktik o‘zgarish haqida so‘zlab o‘tdi. Jurnalist murabbiyning nega o‘yinda o‘zgarish qilmaganligini haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: “Ko‘rinib turibdiki siz ikkinchi bo‘limda 4-3-3 dan 4-2-3-1ga o‘tganimizni ko‘rmay qolibsiz”.

Biroq o‘yindagi bu o‘zgarish kataloniyaliklarga hech qanday yordam bermadi va ikkinchi bo‘limda yana ikkita gol o‘tkazib yubordi. “Leganes”ga qarshi bahsda ham Lionel Messining so‘nggi daqiqalardagi penaltisi evaziga arang g‘alabani ilib ketdi. Bu ikki o‘yindagi qiyinchiliklar tufayli Luis Enrike kataloniyaliklar o‘yinida muhim taktik o‘zgarishlar qilishi kerakligini tushunib yetgan.

Yangi o‘yin tizimida Luis Suares yaqqol hujumchi rolida, uning ortida Neymar, Inesta va Messilar urugvaylik hujumchini qo‘llab quvvatlashi kerak bo‘ladi. Buskets va Rakitich (yoki Andre Gomesh) esa tayanch yarim himoyachilari vazifasini bajarishadi.

“PSJ”ga qarshi javob uchrashuvidan oldin, “Barsa” uchun yakshanba kuni “Visente Kalderon” stadionida kechadigan bahs muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi mumkin. Bunday imkoniyat kataloniyaliklarga yirik tafovutni yo‘qqa chiqarishga bo‘lgan ishonchni qaytarib berishi mumkin bo‘ladi.

Buskets yirik mag‘lubiyatdan keyin jamoasi taktik jihatidan raqibiga yengilganini tan olib o‘tdi. “PSJ”ga qarshi “Barselona” 4-3-3 yoki 4-2-3-1 taktik sxemasida o‘ynashidan qat’iy nazar, o‘zlarining eng ajoyib o‘yinlarini namoyish etishi talab qilinadi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:55, 23.02.2017.
O'qildi: 13987 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.