Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Uyg‘on, ey, malagim, tur o‘rningdan, tur...»

«Uyg‘on, ey, malagim, tur o‘rningdan, tur...»

Baho:
+ | -

Aqli raso odam oldiga muayyan maqsad qo‘ydimi, unga erishish uchun albatta o‘zini ruhan tayyorlab boradi.

Oddiy misol. Ertaga soat tonggi 5 da osh bor (bunaqa paytda yana nima bo‘lardi...). Xo‘roz qichqirmasidan uyg‘onishingiz kerak. Agar chempionlar ligasini ko‘rgan bo‘lsangiz, urdi xudo. Budilnik yordam bermaydi. Ammo agar o‘sha kuni uxlashdan oldin "ertaga albatta beshda turaman", deb o‘zingizni ruhan tayyorlasangiz, mana men aytdi deysiz, gijinglagan toychoqdek o‘rningizdan irg‘ib turasiz.

Maqola yozmoqchisiz-a? Shartta qog‘oz-qalam olib, u-bu narsa qoralasangiz, boring ana, "o‘dnochi"lar o‘qiydigan "asar" yaratishingiz mumkin, xolos (Tolstoy yoki Qodiriy bo‘lmasangiz, albatta!). Biroq, o‘sha yozmoqchi bo‘lgan maqolaning shakl-shamoyili, mazmuni, uslubini ikki-uch kun kallangizda "pishitib", ya’ni o‘zingizni ruhan tayyorlab kompyuter qarshisiga o‘tirsangiz, haqiqatda ko‘nglingiz to‘ladigan narsa yozasiz. Ko‘zlagan cho‘qqingizni zabt etasiz.

Yaqinda JCH-2018 uchinchi bosqich saralash o‘yinlarining ikkinchi davrasi start oladi. Ya’ni, navbatdagi bahslar boshlanishiga bir oydan kam vaqt qoldi. Raqiblarimiz esa tayyorgarlikni — ko‘proq ruhiy tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan.

Xitoy kechuvda otlarni almashtirdi. Aro yo‘lda mahalliy mutaxassis o‘rnini xorijlik taniqli murabbiy to‘ldirishi, aslida hech narsani o‘zgartirmaydi. Ammo, Chin yurtida Marchello Lippidek futbol dahosining ish boshlashini eshitgan raqiblarga, bu yaxshigina ruhiy zarba bo‘lgani aniq.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike esa Yevropadagi ta’tildan qaytishi hamonoq koreyalik jurnalistlar bilan matbuot anjumani o‘tkazib, hech hayiqmasdan "O‘zbekistonni bu safar ham mag‘lub etamiz", - dedi.

Qatar va Eron futboli rahbarlari ham oyog‘ini osiltirib o‘tirgani yo‘q. Kuni kecha qatarliklar JCH—2018 yo‘lida O‘zbekistonni mag‘lub etish uchun futbolchilariga katta mukofot puli e’lon qildi. Keyrushning tahdididan keyin Eron FF terma jamoa uchun sharoitlarni yanada yaxshilashga va’da berdi (Faqat Suriya futbolining hozirgi kayfiyatigina ma’lum sabablarga ko‘ra bizga qorong‘u).

Aslida, xitoyliklarning o‘zi ham Lippi bu bosqichda qandaydir karomat ko‘rsatishiga ishonmasalar kerak. Shtilike jurnalistlarga katta gapirsa ham ich-ichidan Toshkentda uning jamoasiga qiyin bo‘lishini sezib turibdi. O‘z navbatida Qatar futboli rahbarlari ham yaxshi biladiki, ularning astronomik pullari terma jamoani "Ispaniya"ga aylantirib qo‘ymaydi.

Ammo haqiqat shundaki, raqiblarimiz harakatda. Ijobiy ma’noda — bezovta. Muhimi ular navbatdagi qiyin o‘yinlarga o‘zlarini ruhan tayyorlab borayapti. Chunki, aniq maqsadlari bor. Ruhi, vijdoni uyg‘oq.

Bizda esa har doimgi sukunat. Bezovtalik yo‘q. O‘lik jimlik. Yoqimsiz xotirjamlik. Hatto, "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ning OCHLdagi "shiddatli" o‘yinlaridan keyin ham hech kim uyg‘onmayapti. Qoyil-ey, haligi, umrining 75 foizini uyquda o‘tkazadigan hayvon — Yalqovga o‘xshaydi futbolimiz.

Maqolani ayni shu joyda, buyuk shoirning sarlavhaga chiqarilgan satrlari bilan tugataman.

Omon bo‘ling!

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:47, 25.02.2017.
O'qildi: 16462 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик