Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Fransiya terma jamoasining yaqin kelajakdagi «oltin avlodi»

Fransiya terma jamoasining yaqin kelajakdagi «oltin avlodi»

Baho:
+ | -

«Evro – 2016» musobaqasida yomon natija ko‘rsatmagan Fransiya termasi navbatdagi maqsad – Mundialdagi g‘oliblikni niyat qilgani aniq. O‘z ixtiyorida bir qator yosh iqtidorli futbolchilarni to‘play olgan Fransiya terma jamoasi yaqin kelajakda o‘zining «oltin avlodi»ni ko‘rsa ajab emas.

O‘tgan yilgi Yevropa chempionati musobaqasida Fransiya terma jamoasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan Mundialdagidan ancha yaxshi ko‘rsatkichga erisha oldi. O‘z uyida o‘tgan Yevropa chempionatida finalga qadar yetib kelgan Dide Desham shogirdlari yakunda Ederning goli evaziga Portugaliyaga yutqazib qo‘ydi. Biroq, Fransiya futboli mutasaddilari optimist bo‘lishlari uchun barcha sabablarga ega. Fransiya futboli hozirda yosh, yuksak iste’dodli avlod yetishib kelayotganining guvohi bo‘lmoqda. Fransiyaning yaqin kelajakdagi «orzular jamoasi»ni hozirda 24 yoshdan kichik bo‘lgan futbolchilar misolida ko‘rib chiqaylik.

Birinchi holat shuki, Fransiya hozirda dunyoning eng yaxshi yosh hujumchilariga to‘la. Ortda qolgan haftada, Yevropa futboli 18 yoshli Kilian Mbappeni kashf etdi. «Manchester Siti»ga qarshi bahsda gol kiritgan yosh iqtidor egasini hozirdanoq vatandoshi Terri Anriga qiyoslay boshlashdi. Ammo, «Monako»ning yosh futbolchisi yagona emas. La Gazzetta dello Sport nashri 19 yoshli Usmon Dembeleni U20 toifasidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topdi. Shuningdek, 2015-yilgi «Golden Boy» sovrini sohibi Antoni Marsyalni ham unutmaslik kerak. «Evro – 2016″da yana bir iqtidor sohibi Kingsli Koman bilan porlay olmagan bo‘lsada, ularning porloq kelajagini shubha ostiga qo‘ymaydi. Nabil Fekir (23 yosh) tizzasidan olgan jarohati bo‘lmaganida albatta terma jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan bo‘lishi mumkin edi. Ushbu yosh iqtidorlarning yoniga bu mavsumda «Seltik»da sensasiya ko‘rsatayotgan 20 yoshli Mussa Dembeleni qo‘shadigan bo‘lsak, darhaqiqat Fransiya terma jamoasi ixtiyorida mahoratli yosh hujumchilar talaygina ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Fransiyaning yaqin kelajagi bevosita Pol Pogba atrofida quriladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. 23 yoshli «qizil iblis» yoniga bir necha noyob topilmalarni qo‘shadigan bo‘lsak, Fransiya termasi yarim himoyasi ham qudratli ko‘rinish hosil qiladi. O‘tgan haftada, «Barselona»ga qarshi bahsning qahramonlaridan biri bo‘lgan 21 yoshli Adren Rabyo birinchi nomzodlardan. Shuningdek, hozirda 10 gol urishga erishgan 22 yoshli Tolisso ham bor. «Lion»ning mahoratli futbolchisini “Yuventus” yozgi transferining asosiy maqsadi qilgani haqida xabarlar bor. Biroq, Rabyo va Tolissolar o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasliklari kerak bo‘ladi. Ularga kuchli raqobatni yarata oladigan Maksim Lopes («Nittsa»), Bakoyoko («Monako»)lar bor. Bakoyoko yakunda Kotdivuarni tanlashi ham mumkin. Bundan tashqari yuqori tezlikda ko‘tarilib kelayotgan Maksim Lopes (“Marsel”), Luka Tuzar (“Lion”), Kristof Nkunku (“PSJ”) va Sipriyen (“Nissa”)lar ham yaqin kelajakda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishi mumkin.

Haddan ortiq hujumkor futbolchilarga to‘la Fransiya futboli himoya chizig‘ida biroz qiynalishi mumkin. 23 yoshdan kichik mahoratli himoyachilarning boshida so‘zsiz Rafael Varan bor. “Evro”da o‘zini ko‘rsata olgan va hozirda “Barselona”da o‘z omadini sinab ko‘rayotgan Samyuel Umtiti ham terma jamoasining muhim futbolchisi bo‘la oladi. Shuningdek, Yevropa yashil maydonlarida o‘zlarini ko‘rsata olgan 22 yoshli Emerik Laport, 21 yoshli Lyuka Ernandes yoki 22 yoshli Kurt Zumalar ham kuchli himoya chizig‘ini hosil qila oladi. Ularga Issa Diop (“Tuluza”), Malang Sarr (“Nittsa”), Muktar Diakabi (“Lion”), Yoris Gnanyon («Renn») kabi yosh himoyachilar yaqin kelajakda raqobatchi bo‘la olishlari mumkin. Boshqacha aytganda, Fransiya terma jamoasi yaqin kelajakda “orzular jamoasi” bo‘lish uchun talay iqtidorlarga to‘la.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:41, 27.02.2017.
O'qildi: 9721 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.