Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Andrey Miklyayev: "Endi Oliy Liga yangi mavsumiga bemalol tayyorlansak bo‘ladi"

Andrey Miklyayev: "Endi Oliy Liga yangi mavsumiga bemalol tayyorlansak bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahliy” (2:0) uchrashuvidan keyin “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘yin haqida o‘z fikralrini bildirib o‘tdi. U bilan birga uchrashuvdagi birinchi gol muallifi Samalat Quttiboyev ham matbuot anjumanida qatnashdi.

“O‘yin natijasidan mamnunmiz. Endi Oliy Liga yangi mavsumiga bemalol tayyorlansak bo‘ladi. Maydonda harakat qilgan barcha futbochilarga tashakkur aytmoqchiman. Biz bir jamoa bo‘lib o‘ynadik va yaxshi natijaga erishdik. Gol o‘tkazmay g‘alaba qozonganimizga qaramay, himoyamizda muammolar bo‘ldi. Ammo yigitlar ularni o‘z vaqtida bartaraf qildi.

Krizo asta-seking jismoniy holatini yaxshilamoqda. U yosh va yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Agar ikki hujumchi taktikasi bilan o‘ynasak, u albatta asosiy tarkibda o‘ynaydi. Zaxira haqida gapiradigan bo‘lsam, yana Ikrom Aliboyevni yodga olishga to‘g‘ri kelmoqda. U tezkor futbolchi va uning yo‘qligi bilinib turadi. Murod Bobojonov va Diyor Turopov ham jarohatda. Shu sababli asosiy tarkib bilan ba’zida muammolar yuzaga keladi”, – dedi Miklyayev.  

“Lokomotiv” bugun g‘alaba qozonganidan va bunga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman. Keyingi o‘yinlarda ham optimal tarkibda mana shunday o‘ynashda harakat qilamiz. Gol urganim men uchun oddiy holatdek kechli, hech qanday o‘ta ehtiroslarga berilmadim”, – dedi Quttiboyev. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:43, 27.02.2017.
O'qildi: 8348 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик