Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Xese, Morata, Eto'O va «Real»ning boshqa eng qimmat tarbiyalanuvchilari

Xese, Morata, Eto'O va «Real»ning boshqa eng qimmat tarbiyalanuvchilari

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda «Real»dan «PSJ»ga o‘tgan Xese Rodriges Fransiya chempioni tarkibida o‘z o‘rnini topa olmay La Ligaga qaytdi va hozirda «Las Palmas» tarkibida o‘ynamoqda. 1-mart kuni u jamosi bilan «Santyago Bernabeu»da mehmon bo‘ladi. Shu munosabat bilan Goal.com nashri «Real»ni eng qimmat transfer narxida tark etgan tarbiyalanuvchialri o‘nligini taqdim etdi.

10. Samyuel Eto'O «Real»dan «Malyorka»ga 4 million yevro evaziga o‘tgan edi. «Barselona» va «Inter» tarkibida Chempionlar Ligasini yutgan kamerunlik hujumchi keyinchalik «Anji», «Chelsi», «Everton», «Sampdoriya» tarkibida o‘ynashga ham ulgurdi, hozirda esa Turkiyaning «Antalyaspor» klubida to‘p surmoqda.

9. Roberto Soldado – 6 million yevro evaziga «Xetafe»ga sotilgan ispaniyalik hujumchi keyinchalik «Valensiya» va «Tottenhem» safida o‘ynadi, hozirda esa «Vilyarreal» a’zosi hisoblanadi.

8. Diyego Lopes – 7 million yevroga «Vilyarrel»ga sotilgan va faoliyatining katta qismini shu jamoad o‘tkazgan. Qisqa muddat davomida «Sevilya» darvozasini qo‘riqlagach esa Lopes «Real»ga qaytib Iker Kasilyasning o‘rnini egallagan edi. Keylor Navas kelgach esa «Milan»ga ketgan darvozabon hozirda ijara asosida «Espanyol»da to‘p surmoqda.

7. Xavi Garsiya – 7 million yevroga «Benfika»ga sotilgan ispaniyalik yarim himoyachi keyinchalik bir muddat «Manchester Siti»da ham to‘p surdi. Hozirda u Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasida o‘ynamoqda.

6. Denis Cherishev – 7 million yevro evaziga «Vilyarrel»ga o‘tgan. Rossiyali futbolchi avvalroq «Sevilya», «Vilyarreal» va «Valensiya»ga ijaraga berilgan. O‘tgan mavsumda esa «Real» uni Qirol kubogida maydonga tushirgani uchun musobaqadan chetlatilgan edi.

5. Esteban Granero – 8 million yevro, «Kuinz Park Reynjers». Ispaniyalik futbolchi avvalroq «Xetafe»ga ijaraga berilgan, «KPR»ga o‘tgach esa avval «Real Sossedad»ga ijaraga berilgan va keyin San-sebastyanliklarga sotib yuborilgan, hozirda aynan shu jamoada to‘p surmoqda.

4. Xose Kalyexon – «Real»da tarbiyalanib, bir muddat «Espanyol»da to‘p surgan Kalyexon Madridga qaytgach 9,5 million yevro evaziga «Napoli»ga transfer qilingan edi.

3. Alvaro Negredo – «Sevilya»ga 15 million yevro evaziga sotilgan. Ispaniyalik hujumchi bungacha «Rayo Valekano» va «Almeriya» safida o‘ynashga ham ulgurgan. «Sevilya»dan keyin esa «Manchester Siti»ga o‘tib, «Valensiya»ga ijaraga berilgan. «Valensiya»ga to‘liq o‘tgach, hozirda ijara asosida «Midlsbro»da to‘p surmoqda.

2. Alvaro Morata – «Yuventus»ga 20 million yevro evaziga sotilgan. Turinliklar safida ajoyib ikki mavsum o‘tkazgan Morata 30 million yevro evaziga «Real»ga qaytdi.

1. Xese Rodriges – 25 million yevro evaziga «PSJ»ga transfer qilingan. Parijda o‘z o‘rnini topa olmagan Xese ushbu qishda ijara asosida o‘z ona shahri Las Palmasga qaytdi va 1-mart kuni Madridda «Real»ga qarshi o‘ynaydi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:15, 28.02.2017.
O'qildi: 15426 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.