Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Metallurg» yangi mavsumga tayyor

«Metallurg» yangi mavsumga tayyor

Baho:
+ | -

Bahorning uchinchi kuni mamlakatimizning uchta stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXVI milliy chempionati bahslariga start beriladi.

Bekobod shahriga qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrining “Dinamo” jamoasi tashrif buyuradi. 

Tanishing, raqib – “Dinamo” (Samarqand)!

Mamlakatimizning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rnida turadigan Samarqandning “Dinamo” jamoasiga 1960 yilda asos solingan. Klub turli yillarda o‘z nomini o‘zgartirib kelgan. 1960-63 yillarda – “Dinamo”, 1963-67 yillarda – “Spartak”, 1967-68 yillarda – “So‘g‘diyona”, 1968-70 yillarda – “Samarqand” FK, 1970-76 yillarda – “Spartak”, 1976-1991 yillarda – “Dinamo”, 1991-93 yillarda – “Maroqand”, 1993-97 yillarda – “Dinamo”, 1997-98 yillarda – “Afrosiyob”, 1998-2000 yillarda – “Samarqand” FK, 2000-2008 yillarda – “Samarqand-Dinamo” va nihoyat 2008 yildan to shu kungacha yana “Dinamo” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etib kelayapti. Klub anchagina boy tarixga ega. Sobiq Ittifoq birinchiliklarida, Kubok o‘yinlarida nomdor jamoalar ustidan irodali g‘alabalarga erishgan, mamlakatimiz Mustaqilligini e’lon qilgach O‘zbekiston chempionati va kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib kelgan. Biroq turli mavsumlarda barqaror o‘yin ko‘rsata olmaganligi bois quyi ligaga tushib ketgan onlar ham bo‘lgan. Jumladan, “Dinamo” bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytdi. Klub O‘zbekiston chempionatlarida 650 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 227 tasida g‘alaba qozongan. 111 ta uchrashuvda durang qayd etgan. 312 o‘yinda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Samarqandliklar raqiblari darvozasiga 807 ta to‘p kiritganlari holda, o‘z darvozalaridan 952 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishgan. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2000 yil Angrenning “Semurg‘” jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatilgan – 8:0. O‘z navbatida “Dinamo”ning milliy chempionatimizdagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati ham 0:8 ni tashkil etadi. 1997 yilda “Neftchi” hamda “Surxon” jamoalari samarqandliklar darvozasiga javobsiz sakkiztadan to‘p kiritishgan.

“Metallurg-2017”

Bekobodning “Metallurg” jamoasi an’anasiga sodiq qolgan holda asosiy tarkib o‘yinchilarining katta qismini o‘zgarishsiz saqlab qoldi. O‘tgan mavsum bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, klubni ijarachilar – Javohir Esonqulov, Ergash Ismoilov, shuningdek, Farrux Shotursunov, Sherzod Jalilov, Ulug‘bek Xudoyberdiyev va Saidjon Abdujabborovlar tark etishdi. Biz ularning barchasiga “Metallurg” FK ning yutuqlariga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. O‘z navbatida jamoa tarkibiga bu mavsum bir qator yangi o‘yinchilar taklif etildi. “Qo‘qon 1912” jamoasidan Doston Tursunov, Kamronbek Kopadze, “Olmaliq”dan Doniyor Ismoilov, “Navbahor”dan Islom Isoqjonov, “Bunyodkor”dan Sanjar Qodirqulov tarkibimizga kelib qo‘shilishdi. “Metallurg”ning sobiq o‘yinchilari Alisher Ziyovuddinov hamda Vusol Mageramov ham klubga qaytib kelishdi.

“Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida Turkiya yig‘inida b o‘lib qaytdi. U yerda xorij mamlakatlari jamoalariga qarshi 5 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 3 tasida g‘alaba qozondi (“Akjayik” – 2:0, “Al Naft” – 1:0, “Gelios” – 1:0), 2 ta o‘yinda esa imkoniyatni boy berdi (“Volin” – 1:2, “Dnepr” – 0:1). Bundan tashqari mamlakatimiz maydonlarida ham oliq hamda birinchi liganing bir qator jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Bir so‘z bilan aytganda “Metallurg” 2017 yilgi mavsumda muxlislarni xursand etishga shay!

Endi, bekobodliklarning chempionatlarimiz tarixidagi o‘yinlariga e’tibor qaratamiz. “Metallarg” O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha 554 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan, 181 tasida g‘alabaga erishgan, 259 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergan, 114 ta uchrashuvda durang o‘ynagan. Raqiblar darvozasiga 697 ta gol urganimiz holda, o‘z darvozamizdan 890 ta to‘p o‘tkazib yuborganmiz. “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 6:0. Bekobodliklar 2001 yilda “Semurg‘”ni, 2006 yilda “Xorazm”ni va o‘tgan mavsum “Mash’al”ni o‘z maydonida shunday hisobda tor-mor etgan. Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatimiz esa 0:7 bo‘lib, 2003 yilda “Navbahor”ga, 2004 yili “Nasaf”ga yutqazganmiz.  

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 12:09, 01.03.2017.
O'qildi: 4437 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.