Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

La liga. «Real»dan yana kuchli iroda va... durang!

La liga. «Real»dan yana kuchli iroda va... durang!

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Las-Palmas"ni qabul qildi. Zidan shogirdlari uchun bu bahs "navbatchi" o‘yinlaridan biri bo‘lishi va madridliklar 3 ochkoni osongina qo‘lga kiritishi kutilgandi. Ammo, lekin, biroq...

O‘yinning 8-daqiqasidayoq Isko hisobni ochganida, yuqoridagi fikr to‘g‘ridek ko‘rindi. Ammo oradan 2 daqiqa o‘tib, "Las-Palmas" o‘zining ajoyib texnikasi evaziga himoyachilardan o‘tib ketdi va kuchli zarba evaziga darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim davomida mehmonlar to‘pni dadillik bilan nazorat qilishdi. Ular "Real"ga xavfli vaziyat yaratish imkonini berishmadi. To‘g‘ri, "Qirollik klubi" hujumchisi Alvaro Morata birinchi taymda 2ta, ikkinchi bo‘limda esa bir marta to‘pni darvozaga yo‘lladi, ammo uchala gol ham ofsayd tufayli inobatga olinmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Beyl jamoadoshlarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. U dastlab raqib futbolchisini ortdan tepgani uchun sariq kartochka oldi va o‘sha zahoti raqibining provokasiyasi uchib, unga xavfli tashlandi. Natijada hakam uni maydondan chetlatdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "Las-Palmas" futbolchisi jarima maydonchasi ichida bergan zarba natijasida to‘p Ramosning qo‘liga tegdi va hakam "Real" darvozasiga penalti belgiladi. Xonatan Viyera undan samarali foydalandi.

O‘yinning 59-daqiqasiga kelib esa hisob 1:3ga yetdi. Boateng yakkama-yakka vaziyatda Navasni aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.

Bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan "Madrid" tavakkal qilib oldinga tashlandi. Bir nechta vaziyatlarda ulardan omad yuz o‘girdi. Ramosning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to‘singa tegib qaytgan bo‘lsa, Benzema jarima maydonchasi ichida aniq zarba bera olmadi. O‘z navbatida "Las-Palmas" ham qarshi hujumlarda bir nechta imkoniyattlardan foydalana olmadi. Ayniqsa, Xese Rodriges o‘zining sobiq jamoasini ko‘p marta kechirdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Krishtianu Ronaldu katta sahnaga chiqdi. Dastlab to‘p qo‘lga tekkani uchun belgilangan penaltidan portugaliyalik futbolchi samarali foydalandi. O‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida esa u burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

3:3! Qolganiga "Real"da vaqt ham, kuch ham qolmagandi. Zidan jamoasi iroda tufayli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, biroq jadvalda 2-o‘ringa tushib qoldi. "Madrid" bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda "Barselona"dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 25-tur. 01:30
"REAL MADRID" - "LAS-PALMAS" 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar: 1:0 – 8 Isko, 1:1 – 10 Dominges, 1:2 – 56, penalti Viyera, 1:3 – 59 Boateng, 2:3 – 86, penalti Ronaldu, 3:3 – 89 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kovachich (Benzema, 71), Isko (Vaskes, 65), Beyl, Ronaldu, Morata (Xames, 71).
Las-Palmas – Varas, Lemos, Kastelyano, Simon, Bigas (Artiles, 27), Viyera (Xalilovich, 75), Gomes, Dominges, Boateng (Garsiya, 69), Xese, Mesa.
Ogohlantirishlar: Simon (44), Beyl (47), Boateng (53), Ramos (55), Morata (70), Ronaldu (81), Xalilovich (90).
Chetlatish: Beyl (47).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:22, 02.03.2017.
O'qildi: 21458 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.