Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Enrikening «Barselona»dagi eng yomon xotiralari

Enrikening «Barselona»dagi eng yomon xotiralari

Baho:
+ | -

La Liganing navbatdagi turida «Sporting» Xixonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan «Barselona» kelasi mavsumdan yangi murabbiy qo‘li ostida maydonga tushadigan bo‘ldi.

Kataloniyaliklar ustozi Luis Enrike o‘yindan so‘ng jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qildi. Fursatdan foydalanib, Goal.com nashri Luis Enrikening «Barselona»dagi eng yomon xotiralarini tuzib chiqdi.

Ilk “El klasiko”dagi mag‘lubiyat – 2014 yil oktyabrida birinchi marotaba MSN bilan maydonga tushgan Enrike “Real”dan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ronaldu, Pepe, Benzemaning gollari evaziga “Real”ning derbida qo‘li baland keldi.

“Atletik” Bilbaoda uchralgan yirik mag‘lubiyat (4-0) – Enrike ilk mavsumidayoq jamoasi bilan beshta sovrinni yutib oldi. Agarda jamoa Ispaniya Superkubogida “Atletik” Bilbaodan yengilmaganida 100 %lik natija ko‘rsatgan bo‘lardi. Safarda 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan kataloniyaliklar o‘z uylarida 1-1 o‘ynab oltinchi sovrinni boy bergan edi.

“Selta”dan uchralgan mag‘lubiyatlar – “Balaidos”da o‘tkazilgan ikki uchrashuvda kataloniyaliklar o‘z darvozalaridan naq 8 gol o‘tkazib yubordi. 2015 yil sentyabrida 4-1, 2016 yil oktyabrida 4-3 hisobida Enrike shogirdlari og‘ir mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi.

“El klasiko”dagi ikkinchi mag‘lubiyat – 2016 yil 2-aprel kuni madridliklar bu safar “Kamp Nou”da g‘alaba qozondi. Serxio Ramosning maydondan chetlatilib kamchilik bo‘lib qolganiga qaramay, “Real” yakunda “Barselona”ni mag‘lub eta oldi.

Chempionlar Ligasida “Atletiko”dan uchralgan mag‘lubiyat – 2016 yil aprel oyida, Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida “Atletiko” Madrid bilan to‘qnash kelgan Enrike jamoasi ikki o‘yin yakuniga ko‘ra 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani erta tark etdi.

“Alaves”dan uchralgan mag‘lubiyat – Luis Enrike shogirdlari 2016 yil sentyabr oyida musobaqa debyutanti “Alaves”dan kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi bo‘limda Inesta, Messi, Suareslarning o‘yinga qo‘shilishi ham kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

“PSJ”dan uchralgan yirik mag‘lubiyat – Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichida Parijga musobaqa favoriti maqomida yo‘l olgan Enrike jamoasi parijliklardan qaqshatkich zarba qabul qilib oldi. 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Barselona” musobaqani bu mavsum ham erta yakunlaydigan bo‘lib turibdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:00, 02.03.2017.
O'qildi: 11136 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.