Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Yoshlar ligasi. «Navbahor» «Obod»ga yutqazdi

Yoshlar ligasi. «Navbahor» «Obod»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Mamlakat yoshlar birinchiligining dastlabki turida yosh “navbahorchilar” Toshkentning “Obod” jamoasini qabul qildi.

To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “navbahorchilar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limidagi voqealar rivoji asosan markazda kechdi. Har ikki tomon futbolchilari mavsum endi boshlanganligi sababli bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqlik borasida bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi. Uchrashuv boshlarida Akbarali Xoldorov “Obod” darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan bo‘lishiga qaramay, yakuniy zarbani aniq yo‘llay olmadi. Oradan biroz vaqt o‘tib, mehmonlar hujumchisi Idris Bikmaykinda ham gol urish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Lekin, uning tepgan to‘pi darvoza ustuni va to‘sini kesishgan joyga tegib maydonni tark etdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Bilolxon Tojimirzayev raqib himoyachisining xatosidan so‘ng, Ahmedov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani aniq nishonga olib hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin “Obod” tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘z navbatida mehmonlarning harakatida ham faollik ko‘zga tashlandi. Doniyor Nasriddinov himoyamizda yuzaga kelgan xatolikdan so‘ng Ashurmatovni aldab o‘tib, Abdullo Mahkamovga qulay vaziyat yaratib berdi. Mahkamovga yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozani nishonga olish qiyinchilik tug‘dirmadi. Hisob tenglashgach, “navbahorchilar” g‘alabani ta’minlash maqsadida hujumga zo‘r berishdi.

“Navbahor”ni oldinga olib chiqish uchun G‘olibbek Karimov, Javohir Olimjonov va Abdulaziz Jalilovda imkoniyatlar bo‘lsa-da, vaziyatlarni golga aylantirish nasib etmadi. 82-daqiqada esa “navbahorchi” Ilhom Aliboyev hakamning qaroriga e’tiroz bildirgani sababli qizil kartochka bilan jazolandi. Kamchilikda qolgan “navbahorchilar” uchrashuvning yakuniy qismini munosib tarzda o‘tkaza olishmadi. O‘yin yakunlanib borayotgan bir pallada Abbos Isroilov olis masofadan aniq zarba yo‘llab “Obod”ning g‘alabasini ta’minladi. Bu paytga kelib “navbahorchilar”da hech bo‘lmaganda durangni ta’minlash uchun ham deyarli vaqt qolmagandi. Shu tariqa yosh “navbahor”chilar 2017 yilgi birinchilikni mag‘lubiyat bilan boshladi.

“Navbahor” – “Obod” – 1:2 (1:0). 3 mart. To‘rqo‘rg‘on. “Yoshlik” o‘yingohi.
Hakamlar: A.Rahimov, E.Tursunov, A.Jabborov, M.Mamatxanov.
Nazoratchi – A.Hotamov.
“Navbahor”: 12. N.Ashurmatov, 9. I.Abduqodirov, 10. I.Aliboyev, 14. H.YUnusov, 21. B.Toshmirzayev, 26. J.Olimjonov, 27. SH.Ahmadaliyev, 28. G‘.Karimov, 48. D.Mahmudov (35. M.Abdullayev, 62), 51. A.Xoldorov (63. A.Jalilov, 72), 88. A.Nishonboyev (99. A.Jo‘rayev, 86).
“Obod”: 12. A.Ahmedov (20. U.Inoyatullayev, 46), 3. A.Isroilov, 5. A.Tilapov (I.Ismoilov, 46), 7. D.Nasriddinov (11. SH.To‘xtasinov, 66), 27. X.Abdualimov (4. A.Olimov, 90+1), 30. I.Jasurxo‘ja (10. O.Pardabayev, 70), 44. J.Omonov, 66. X.G‘aniyev (8. D.YOqubjonov, 64), 70. F.Mahammadjanov, 77. D.Jo‘raboyev, 80. I.Bikmaykin (9. A.Mahkamov, 58).
Gollar: B.Toshmirzayev (40) – A.Mahkamov (63), A.Isroilov (90+2).
Ogohlantirish: G‘.Karimov (5).
Chetlatish: I.Aliboyev (82).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:24, 03.03.2017.
O'qildi: 6302 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик