Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Bugun futbol. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”

Bugun futbol. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”

Baho:
+ | -

Bugun jamoamiz futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi, deya yozadi "Nasaf" rasmiy sayti.

“Ajdarlar”ning chempionatdagi dastlabki uchrashuvi, o‘zbek futboli tashkil bo‘lgan kuhna va navqiron Qo‘qon shahri jamoasi bilan bo‘ladi.

“Nasaf” bu yil O‘zbekiston chempionatidagi 21-ishtirokini boshlaydi. Jamoamizning bugungi uchrashuvi oliy ligadagi 589-o‘yini sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev faoliyati davomida o‘z shogirdlarini, chempionatda 122-marta maydonga boshlab tushadi.

Bugungi uchrashuvni FIFA referisi, qit’amizning to‘rt karra eng yaxshi hakami – Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda A.Rasulov va J.Saidovlar yordam berishadi. Uchrashuvning zaxira hakami etib A. Ergashev tayinlangan. Hakamlar ishini bugun A.Abdullayev nazorat qiladi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Yurtimiz futbol ishqibozlari o‘zimizni futbolni sog‘inib ham qolishdi. Qolaversa, Qo‘qonda futbolni juda sevishadi.

Futbol ishqibozlari “Nasaf” ishtirokidagi o‘yinlarni doimo katta qiziqish bilan kuzatib kelishadi. “Ajdarlar” mavsum oldidan o‘z tarkibida shov-shuvli transferlarni amalga oshirmagan bo‘lsada. Jamoa katta salohiyatga va kuchga egadir. Futbolchilarimiz har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatish mahoratiga egadirlar.

Xullas, bugun chiroyli va jangovor o‘yin bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q. O‘ylaymizki, maydonga tushadigan futbolchilar, bu uchrashuvni orziqib kutgan futbol ishqibozlariga chiroyli futbol tomoshasini taqdim qilishadi.

Uchrashuvga oid ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi https://twitter.com/fcnasaf, https://www.facebook.com/FC-NASAF, telegramdagi https://t.me/FcNasafOfficial va instagramdagi https://www.instagram.com/fcnasaf/ kanallarimiz orqali ham olishiingiz mumkin bo‘ladi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:09, 04.03.2017.
O'qildi: 6518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик