Bugun Chempionlar ligasining nimchorakfinalidan o‘rin olgan "Napoli" - "Real" o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O‘yinni turkiyalik hakam Junayd Chaqir boshqarib boradi.
Maydonga tushmaydigan futbolchilar:
Jarohatlar: Rafael Varan, Fabiu Koentrau (ikkisi «Real Madrid»).
Diskvalifikasiya: yo‘q.
So‘roq ostidagilar: Allan («Napoli»).
«Napoli» Chempionlar ligasining chorak finali uchun ikkinchi bor kurash olib bormoqda. 2012 yil klub «Chelsi»ni o‘z maydonida 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lib, Londonda 1:4 hisobida yengilgandi.
«Napoli» o‘z maydonida ancha xavfli. Klub so‘nggi 20 ta o‘yinning 13 tasida zafar quchgan va 6 tasida durang o‘ynagan. Faqatgina guruh bosqichida shu mavsum «Beshiktosh»ga imkoniyatni boy bergan — 2:3.
«Napoli»ga ispan klublari pley-offda omad keltirmagan. Yevrokuboklarda klub «Vilyarreal» va «Atletik» klublari dovonidan o‘ta olmagan. So‘nggi bor guruh bosqichida «Vilyarreal» ustidan zafar quchgan — 2:0.
Ispan klublarining Neapolga tashrifida g‘alaba yo‘q. Ular 4 bor «Napoli» bilan durang o‘ynagan va ikkitasida yengilgan.
Penaltilar seriyasida «Napoli» yaqqol favorit emas. Klub 1990 yil «Sporting»ni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, 1987 yil «Tuluza»dan, 1991 yil Moskvaning «Spartak» klubidan yengilgan.
«Real» 2016 yil «Roma»ni uyida ham, safarda ham 2:0 hisobida taslim qilgandi. Unga qadar bo‘lgan Italiya klublariga qarshi sakkiz to‘qnashuv esa «Qirollik klubi»ning mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan. Rimdagi g‘alaba esa so‘nggi to‘qqiz tashrifdan keyin birinchi g‘alaba edi.
«Real» Italiyada tarixda 5 bor yutgan, 8 bor durang o‘ynagan. 18 uchrashuvda taslim bo‘lgan.
Penaltilar seriyasiga qadar «Real» 4 bor yetib borgan bo‘lib, shularning teng yarmida imkoniyatni boy bergan.