Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Barselona» – «PSJ»: «kambek» imkonsizmi?

«Barselona» – «PSJ»: «kambek» imkonsizmi?

Baho:
+ | -

Barselona ustidagi qora bulutlar tarqalayotganga o‘xshaydi. Uch hafta muqaddam Chempionlar Ligasi nimchorak finali dastlabki o‘yinida «PSJ»dan 4:0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan «Barselona»ga hozirda ishonch qaytgan va hatto oxirgi o‘yinda «Selta» 5:0 hisobida mag‘lub etilgach, Chempionlar Ligasida ham tarixiy «kambek» qilishga umid paydo bo‘ldi.

Xo‘sh, buning imkoni bormi? UYEFA statistikaga ko‘ra bu imkonsiz: yevrokuboklarda jamoalar 58 marta dastlabki o‘yinlarda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan va har safar umumiy hisobda ham aynan shu jamoa g‘olib chiqqan. Biroq rekordlar bir kun kelib buzilishi ma’lum va aynan shu sababdan «Barselona» o‘yinga optimizm bilan tayyorlanmoqda.

O‘tgan hafta o‘rtasida Xixonning «Sporting» klubi 6:1 hisobida mag‘lub etilgach, Luis Enrike mavsum oxirida «Barselona»dan ketishini e’lon qilishi qandaydir bosimni olganga o‘xshaydi. Jamoa futbolchilari «Selta»ga qarshi o‘yinda ancha erkin va yo‘qotadigan hech narsasi yo‘qdek harakat qildi. Endi esa «PSJ»ni aynan shunday munosabat kutib turibdi.

Messining ikki ajoyib yurishi, Neymarning aql bovar qilmas harakati hamda Rakitich va Umtitining gollari «Barselona»ga «Selta» ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Qiziq tomoni, kataloniyaliklar qayd etgan so‘nggi ikki natijadan biri takrorlansa, bu «PSJ»ni ortda qoldirish uchun yetarli bo‘ladi.

Albatta, «PSJ» «Sporting» yoki «Selta» emas. Unay Emeri shogirdlari 1 Ligadagi so‘nggi o‘yinda «Nansi» ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi, biroq amaldagi Fransiya chempionlari ulkan salohiyatga ega va «Kamp Nou»dagi o‘yinda ham Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish uchun asosiy favorit bo‘lib qoladi.

Ammo Messining hozirgi formasiga qaralsa, parijliklar uchun hali hech narsa kafolatlanmaganini tushunish mumkin. Argentinalik hujumchining «Selta»ga urgan ikkala goli ham umuman imkonsizdek tuyulgan vaziyatlardan boshlandi. Agar u bu harakatlarini «PSJ»ga qarshi o‘yinda ham takrorlay olsa, mehmonlar ancha asabiylashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

«Park de Prens»dagi o‘yindan buyon «Barselona»ning o‘yini sezilarli darajada yaxshilandi. Luis Enrikening 4-3-3 taktik sxemasidan 3-4-3 ga (yoki Messiga erkinlik beruvchi 3-3-1-3 ga) o‘tishi ham himoyada, ham hujumda samaradorlikni oshirdi. Shuningdek, dastlabki o‘yinda Emeri tomonidan nishonga olingan Serxi Roberto ham qanot himoyasidan olindi.

Shunday ekan, hatto hozir ham «PSJ» chorak finalga chiqish uchun asosiy da’vogar hisoblansa-da, «Barselona» futbolchilari va muxlislari orasida qandaydir umid paydo bo‘lgandek. «Barsa»da bosim bo‘lmagan bir paytda futbolda «hech qachon hech qachon dema» iborasi beixtiyor esga keladi, ayniqsa jamoada Messidek futbolchi bo‘lganda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:40, 07.03.2017.
O'qildi: 12617 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.