Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. «Real»da haloskor o‘zgarmagan!

YECHL. «Real»da haloskor o‘zgarmagan!

Baho:
+ | -

"Napoli" va "Real" o‘rtasidagi Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final doirasidagi javob o‘yini bir bo‘lim davomida muxlislarni katta hayajonda ushlab turdi.

Neapoldagi "San-Paolo" stadionidagi bahs Madriddagi uchrashuvdan ham qiziqarliroq kechdi. Maydon egalari ilk daqiqalardanoq "Real" futbolchilariga nisbatan kuchli pressing uyushtirib, dadil oldinga tashlanishdi. Sarri shogirdlari tomonidan amalga oshirilayotgan bosim, nihoyat 24-daqiqada o‘z samarasini berdi. Maydon egalari chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Mertensni to‘p bilan ta’minlashdi va hujumchi o‘tkir birga-bir vaziyatda burchak ostida darvozaga ishg‘ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib Krishtianu Ronaldu ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Qarshi hujum paytida portugaliyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi ichida Reynani aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni egallagan Beyl o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.

Shuningdek, darvoza ustuni madridliklarni ham goldan qutqarib qoldi. "Napoli" hujum tashkil qilayotgan paytda to‘p jarima maydonchasi ichidagi Mertensga kelib tushdi. Uning zarbasidan keyin to‘p olis ustunga tegib, yon tomonga ketdi.

Tanaffusga qadar neapolliklar yana 2ta qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Dastlab Hamshik maydon markazidan boshlab "Real" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasi ostonasidan noaniq zarba berdi. Shuningdek, Insinye chap qanotdan bergan uzatmasidan keyin Marek jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim ana shunday hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning boshida to‘qnashuv taqdirini bir futbolchi hal qilib qo‘ya qoldi. Ikkita burchak to‘pi, ikki marta bosh bilan berilgan zarba va ikkita gol! Serxio Ramos ijrosida!

Bu gollar "Napoli" shashtini butunlay sindirib qo‘ydi. Bitta gol ursa, keyingi bosqichga chiqishi mumkin bo‘lib turgan jamoa endi 4ta gol ura olmasdi. Ikkinchi bo‘limning aksariyat qismi quruq rasmiyatchilikka aylanib qoldi. Boz ustiga, qo‘shib berilgan daqiqalarda Alvaro Morata jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Real" Yevropa chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini. 00:45
"NAPOLI" - "REAL MADRID" 1:3
Gollar: 1:0 – 24 Mertens, 1:1 – 51 Ramos, 1:2 – 57 Ramos, 1:3 – 90 Morata.
Napoli – Reyna, Albiol, G‘ulom, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Rog, 56), Kalyexon, Gamshik (Zelinski, 75), Insinye (Milik, 70), Diavara.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Isko, 80), Beyl (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).
Ogohlantirishlar: Allan (55), Diavara (89).
Birinchi o‘yin — 1:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:40, 08.03.2017.
O'qildi: 20425 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.