Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Lutfullo Tursunov: "Enrike jamoani ham kurashishga undadi"

Lutfullo Tursunov: "Enrike jamoani ham kurashishga undadi"

Baho:
+ | -

Luis Enrikening hayoti bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? U o‘z jismi va irodasini shunchalar ayovsiz sinovdan o‘tkazganki, yoqa ushlaysiz. Bir qarashda futbol mutaxassisi uchun umuman keraksiz sinovlar. Yuzlab kilometrga sahro bo‘ylab marafoncha yugurish, kilometrlab masofaga suvdan suzib o‘tish, velomarafon...

U futboldagi faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bu sinovlarga yuzlanmagani aniq. Ammo aynan shu toblangan xarakteri va irodasi “Barsa”dagi yutuqlarida aks berdi. Taktik daho bo‘lmasligi mumkin, ammo daho yetakchi u! O‘zini va jamoasini qiyin sinovga tushirib, shu sinovni yengish orqali ulkan energiya oladigan va yonidagilarga yuqtira oladigan inson u. Murabbiyligining dastlabki mavsumida vaziyatni jamoadan haydalish darajasigacha “tupik”ka olib borgan, ammo futbolchilarni shu orqali “uyg‘otib”, yakunda barcha sovrinni yutib ketgan mutaxassis u!

Kecha yana o‘sha manzara takrorini ko‘rmadikmi? Aslida, PSJdan birinchi o‘yinda durang yoki kichik hisobdagi mag‘lubiyat bilan qaytilishi va javob o‘yinida “dejurniy” g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqilishi mumkin edi. Lekin mavsum boshidan arimayotgan “jamoaviy pasayish” bir kun pand berardi baribir. Albatta, 4:0 atay qilinmadi, shunchaki, Enrike odatdagidek, o‘zini o‘ta mushkul holatga tashladi. Va o‘sha yerda taqdirga tan berganicha qolib ketmadi, kurashdi, jamoani ham kurashishga undadi. Va yakunda qozonilgan aqlbovar qilmas g‘alaba mavsumning muhim pallasida butunlay boshqa kayfiyat va immunitetdagi “Barselona”ni dunyoga keltirib qo‘ydi. Ana endi ularni to‘xtatish oson bo‘ladimi? Dargumon.

Lutfullo TURSUNOV,

jurnalist

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:50, 09.03.2017.
O'qildi: 9541 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.