Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Bugun «Nasaf» — «Buxoro» va «Olmaliq» — «Bunyodkor». «Sport-TV» ulardan birini yarim tunda ko‘rsatadi

Bugun «Nasaf» — «Buxoro» va «Olmaliq» — «Bunyodkor». «Sport-TV» ulardan birini yarim tunda ko‘rsatadi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turi doirasida bugun — 9 mart kuni ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan «Nasaf» va «Buxoro» klublari Qarshida to‘qnash kelsa, Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Olmaliq» o‘z maydonida shu turnirda qatnashayotgan «Bunyodkor»ni qabul qiladi.

MTRKning «Sport» telekanali «Olmaliq» — «Bunyodkor» o‘yinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilishni rejalashtirgandi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra telekanal o‘z rejalariga o‘zgartirish kiritdi va o‘yinni 00:05 da ko‘rsatishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, bu vaqtda UzReport Yevropa ligasidan joy olgan o‘yinlarni jonli namoyish qilayotgan bo‘ladi. «Sport» 8 mart kungi «Dinamo» — «Sho‘rtan» o‘yinini ham «Barselona» — «PSJ» uchrashuvi bilan kesishgan holatda rejaga kiritgandi.

Bugungi o‘yinlardan Qarshidagisi 16:00 da, Olmaliqdagisi esa 17:30 da start oladi. Kecha 2-turning 3 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:28, 09.03.2017.
O'qildi: 6973 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.