Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

FIFA AQSHni futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin

FIFA AQSHni futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin

Baho:
+ | -

FIFA AQSH prezidenti Donald Trampning migrasiya farmoni sababli AQSHni futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga da’vogarlik qilish huquqidan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda xalqaro tashkilot prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi.

Bloomberg axborot agentligining ma’lum qilishicha, AQSH 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga asosiy da’vogar hisoblanadi. Shu bilan birga, AQSH bu chempionatni Kanada va Meksika bilan birga o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

"Muxlislar va jahon chempionati saralash bosqichini o‘tgan terma jamoalar rasmiy shaxslari musobaqa o‘tkazilayotgan davlatga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Bu FIFA shiori ostida o‘tkaziladigan barcha musobaqalarga taalluqlidir. Aks holda, jahon chempionati u yerda o‘tkazilmaydi", deb aytgan Infantino.FIFA prezidenti Donald Trampning ishini hurmat qilishini, biroq shu bilan birga mamlakat rahbari "mamlakat uchun eng yaxshi qaror" uchun javobgar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:32, 10.03.2017.
O'qildi: 8406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик