Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbol tarixida ajoyib «kambek» qilgan jamoalar

Futbol tarixida ajoyib «kambek» qilgan jamoalar

Baho:
+ | -

Kecha «Barselona» tomonidan ajoyib «kambek» uyushtirilgandan keyin, Goal nashri futbol tarixida unutilmas «kambek» qila olgan jamoalarni eslab o‘tdi. E’tiboringizga eng esda qolarli «kambek»larni xavola qilamiz.

Ro‘yxatni “Monako” – “Real Madrid” qarama-qarshiligi ochib beradi. 2004 yil 6-aprelida “Monako” o‘z uyida “Qirollik klubi”ni qabul qildi. Dastlabki uchrashuvda madridliklar 4-2 hisobida zafar quchgan edi. Ko‘pchilik yangi “Galaktika”ning yarim finalga chiqishini tahmin qilgan edi. Bunga Raulning javob o‘yinida ham gol urib madridliklarni oldinga olib chiqqach, “Real”ning g‘alabasiga shubha qilganlar yo‘q edi hisobi. Biroq, “Monako” futbolchilari kuchli iroda ko‘rsata oldi. Jyuli boshchiligidagi jamoa yakunda uch gol urib, mehmonda urilgan gollar evaziga keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.

“Bavariya” – “Portu”. Ilk uchrashuvda “Portu” «Bavariya» ustidan 3-1 hisobida ustun keldi. Biroq, javob uchrashuvida Pep Gvardiola shogirdlari «o‘chi»ni oldi. «Alyans Arena»da uchrashuvning 26-daqiqasidayoq tabloda 5 raqami porlab turardi. Bahs yakunida esa bu natija 6-1 gacha borib yetdi. Myunxenliklar ikki gollik farqni yo‘qqa chiqarishdi.

«Barselona» – «Milan». 2013 yilgi Chempionlar Ligasi nimchorak finalida «Barselona» yana bir qahramonlik ko‘rsatgan edi. «San Siro»dagi bahsda Kevin-Prins Boatengning sa’y-harakatlari evaziga milanliklar 2-0 hisobida g‘olib bo‘ldi. Javob uchrashuvida esa Messi boshchiligidagi «Barselona» ajoyib «kambek» qila oldi. Ilk taymdayoq Messi dublga erishib oradagi farqni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda David Vilya va Albalarning gollari yakunda kataloniyaliklarning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

«Manchester Yunayted» – «Bavariya». 1998-1999 yilgi Chempionlar Ligasi final uchrashuvi. Ser Aleks Fergyuson shogirdlari 91-daqiqada ham hisobda ortda qolayotgan edi. Bir ko‘rinishda, g‘oliblik sari “Bavariya” yaqinlashganday edi. Biroq, qisqa soniyalar ichida “Manchester Yunayted” “mo‘’jiza” ko‘rsatdi. Sheringem va Solskyayer bittadan gol kiritib, sovrin Manchesterga yo‘l olishini e’lon qilishdi.

«Deportivo» – «Milan». 2004 yil 7-aprel kuni Luke va Valeron boshchiligidagi «Deportivo” «Milan»ni qabul qildi. Chempionlar Ligasi chorak final doirasidagi ilk bahsda milanliklar yirik 4-1 hisobida g‘alaba qozongan edi. La Korunyaliklarning mehmondagi yagona goliga Valter Pandiani mualliflik qilgan edi. Javob bahsida mutahassislar Karlo Anchelottining «Milan»i imkoniyatlarini yuqori baholayotgan edi. Biroq, «Deportivo»ning 4 goliga na Kaka, na Pirlo, na Shevchenko birorta gol bilan javob bera oldi.

“Chelsi” – “PSJ”. Parijda kechgan ilk uchrashuvda “PSJ” londonliklarni 3-1 hisobida dog‘da qoldirdi. Barcha parijliklarni yarim finalga chiqqanligini tabriklashga shay turgan paytda, “ko‘klar” javob bahsida Shyurrle va Demba Balarning goli evaziga keying bosqichga chiqish vazifasini uddalay oldi.

“Real Madrid” – “Volfsburg”. Madridliklar ham o‘tgan mavsumda “kambek” qila olgandi. Dastlabki uchrashuvda “Volfsburg”ga kutilmaganda 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Real Madrid” javob uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. “Oltin to‘p” sohibi Ronaldu javob bahsida jamoasining joniga oro kirdi. Xet-trikka erishgan Ronaldu madridliklarni keying bosqichga olib chiqdi.

“Barselona” – “Chelsi”. 1999-2000 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida ushbu ikki raqib duch kelishdi. Dastlabki o‘yinda londonliklar 3-1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, javob bahsida Van Gal shogirdlari oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Asosiy taymlarda g‘olib aniqlanmagach, qo‘shimcha taymlarda Rivaldo va Klyuvertlarning goli evaziga «Barselona» 5-1 hisobida «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

«PSJ» – «Styaua». 1997-1998 yilgi Chempionlar Ligasi saralash bahsid parijliklar kutilmaganda mehmonda Buxarestning «Styaua” jamoasiga 3-0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Javob uchrashuviga «PSJ» qattiq tayyorgarlik bilan yondashdi. Javob bahsining ilk taymidayoq tabloda 4-0 hisobi porlab turardi. Ikkinchi bo‘limda yana bir gol urishga erishgan «PSJ» yakunda yirik 5-0 hisobida g‘olib chiqdi.

«Barselona» – «PSJ». dastlabki o‘yinda 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan kataloniyaliklar safida javob uchrashuvigacha ko‘p narsa o‘zgardi. Yangi taktikaga o‘tildi, bosh murabbiy jamoadan ketishini e’lon qildi. Shunga qaramay, «Barselona» futbolchilari kuchli matonat, irodalarini ko‘rsatdi. Javob bahsida 6-1 hisobida g‘olib chiqqan «Barselona» UEFA tarixida 4 gollik farqni yo‘qqa chiqargan ilk jamoaga aylandi. Javob bahsidan oldin UYEFA «Barsa»ning imkoniyatlarini 0 ga teng deb topgandi. Ajoyib «kambek»!

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:45, 10.03.2017.
O'qildi: 15058 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.