“Anderlext” jamoasi a’zosi Nikolae Stanchu UYEFA o‘tkazgan so‘rovnomada Yevropa ligasining 1/8 final bosqichi birinchi o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ruminiyalik futbolchi “Anderlext” jamoasining “APOEL”ga qarshi bahsida g‘alaba golini urdi va so‘rovnomada 37% ovoz to‘plab birinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur bosqichning eng yaxshi futbolchisi maqomiga “Gent” klubidan Ruslan Malinovskiy ,“Manchester Yunayted”dan Genrix Mxitaryan (23 % ovoz) va “Kopengagen” hujumchisi Rasmus Falk (15% ovoz) nomzodlari ham qo‘yilgan edi.