Madridning “Atletiko” jamoasi to‘purari Antuan Grizman yaqin orada o‘z klubini almashtirish niyatida emasligini aytib o‘tdi.
“Menga doim kelajagim haqida bir savol bilan murojaat qilishadi. Bunday savollar boragan sari meni g‘ashimni keltirmoqda. Men oldin ham aytganimdek, “Atletiko”da va Madrid shahrida baxtliman. Bu yerda ajoyib muhit hukmron, juda ham yaxshi jamoadoshlarim bor va men eng yaxshi murabbiy bilan ishlayman.
Men o‘zimni bu yerda ajoyib his qilmoqdaman va “Atletiko”ni tark etishim uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman” - deydi fransiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizman bu mavsum 25ta uchrashuvda maydonga tushib 12ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan.