Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Kuchli beshlik: asosiy kurash qayerlarda kechmoqda?

Kuchli beshlik: asosiy kurash qayerlarda kechmoqda?

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsumning 2/3 qismi ortda qolgan bir paytda Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida turli jabhalarda kurash avj olmoqda. Shu munosabat bilan e’tiboringizga Ispaniya La Ligasi, Germaniya Bundesligasi, Angliya Premyer Ligasi, Italiya A seriyasi va Fransiya 1 Ligasida asosiy kurash qayerlarda ketayotgani haqidagi maqolani taqdim etamiz.

Bir necha mavsumlardan buyon UYEFA reytingida peshqadamlikni hech kimga bermay kelayotgan Ispaniya La Ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurash ancha qiziqarli kechmoqda. «Barselona» chempionatda 5 oydan buyon ilk marta mag’lub bo‘lib, 60 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, «Real» o‘z maydonida «Betis»ni qiyinchilik bilan yengib, 62 ochko bilan peshqadamlikka qaytdi. 2017 yil boshida La Liga chempionligi taqdiri butunlay «Real» ixtiyorida qolgandek ko‘ringan bo‘lsa, fevral oyi davomida vaziyat butunlay o‘zgarib, imkoniyatlar tenglashib qoldi. Hozirda yana «Real» 2 ochko ustunlikka ega va madridliklar zaxirasida «Selta» bilan qoldirilgan o‘yin bor. Biroq «Valensiya» bilan qoldirilgan bahsdagi mag’lubiyat bu jihatga ishonib qolmaslik kerakligini eslatdi. Aprel oyida Madridda bo‘lib o‘tadigan «El Klasiko» ham chempionlik uchun kurashga katta ta’sir o‘tkazadigan ko‘rinadi.

Uchinchi o‘rindagi «Sevilya» esa uzoq vaqt davomida peshqadamlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatib keldi, biroq so‘nggi o‘yinlarda ketma-ket ochko yo‘qotgan andalusiyaliklarning imkoniyatlari kamaygandek. Shunga qaramay, 57 ochko to‘plagan «Sevilya»ni kurashdan chiqdi deyishga hali erta. Bu mavsumda omadi yurishmayotgan «Atletiko» esa bu orada 52 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa mustahkma o‘rnashib oldi. Bu o‘rin uchun ancha vaqt davomida «Real Sosedad», «Vilyarreal», «Selta» va «Atletik» kurashib kelayotgandi. Hozirda «Selta» deyarli butunlay kurashdan chiqqan bo‘lsa, «Vilyarreal» va «Real Sosedad» 48 ochkodan to‘plab, ko‘proq Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Jadvalning eng quyi qismida bu mavsumda atigi 1 ta g’alabaga erishgan «Osasuna» 10 ochko bilan La Ligada jon saqlab qolishda deyarli umidini uzgan bo‘lsa, «Sporting» 18, «Granada» 19 ochko to‘plagan va 17-o‘rindagi «Leganes»dan 6 ochkoga ortda bormoqda.

UYEFA reytingida ikkinchi o‘rindagi Germaniya Bundesligasida birinchi davrada kurash ancha qizg’in kechgan bo‘lsa, hozirda hamma narsa o‘z o‘rniga tushgandek. Birinchi davraning katta qismini kutilmaganda peshqadam tarzida o‘tkazgan «RB Leypsig» ikkinchi davrada ketma-ket qoqilib, «Bavariya»ni 10 ochkoga oldinga o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay leypsigliklar 49 ochko bilan ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashgan va bu ham debyutantlar uchun ajoyib natija bo‘ladi. Uchinchi o‘rin uchun esa uzoq vaqt davomida 6 jamoa kurashgan bo‘lsa, hozir ular 3 ta qolgan. Ayni paytda 43 ochko bilan Dortmundning «Borussiya»si 3-o‘rinda bormoqda, 42 ochko to‘plagan «Hoffenhaym» va 40 ochko to‘plagan «Gerta»ularni ta’qib qilib kelyapti. Jadvalning quyi qismida «Darmshtadt» 15 ochko bilan 18-o‘rinda, «Ingolshtadt» 19 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. 14-16-o‘rinlarda esa har biri 26 tadan ochkoga ega «Volfsburg», «Verder» va Gamburg» singari nomdor jamoalar Bundesligadan tushib ketuvchi uchinchi jamoaga aylanmaslik uchun kurashyapti.

Angliya Premyer Ligasida dekabrdayoq katta ustunlikka erishib bo‘lgan «Chelsi» hozirda 66 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisini 10 ochkoga ortda qoldirib, chempionlik sari dadil qadam tashlayapti. Bu yerda asosiy kurash Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi qolgan uch o‘rin uchun kechmoqda. Hozirda bittadan kam o‘yin o‘tkazgan «Tottenhem» va «Manchester Siti» 56 ochko bilan 2 va 3-o‘rinlarda bormoqda, to‘liq o‘ynagan «Liverpul» esa 55 ochko bilan 4-o‘rinda. Ikkitadan kam o‘yin o‘tkazgan «Arsenal» va «Manchester Yunayted» mos ravishda 50 va 49 ochko bilan 5 va 6-o‘rinlarni egallab turibdi. Demak, bu o‘rinlar uchun kurash mavsum oxirigacha tinmaydi. Bu orada «Everton» ham 47 ochko bilan ularni ta’qib qilib kelayotganini unutmaslik lozim. Jadvalning quyi qismida «Sanderlend» 19, «Midlsbro» 22 va «Hall Siti» 24 ochkoga ega, biroq «Kristal Pelas», «Suonsi» va «Lester» ham xavfli zona ostonasida turibdi va aynan shu jamoalar Premyer Ligada qolish uchun kurash olib boradi.

Italiya A seriyasida so‘nggi besh mavsumning chempioni «Yuventus» bu safar ham 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va raqiblaridan katta ustunlikka ega. Ikkinchi o‘rin uchun esa 62 ochko to‘plagan «Roma» va 60 ochko to‘plagan «Napoli» kurashmoqda va katta ehtimol bilan aynan shu jamoalar kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Hozirga kelib «Inter» (54 ocho) «Lasio» (53 ochko, 1 o‘yin kam), «Atalanta» (52 ochko) va «Milan» (50 ochko) Yevropa Ligasi yo‘llanmalari uchun kurashmoqda va qolgan 10 tur davomida «Roma» va «Napoli»dan biri qattiq qoqilsagina ushbu jamoalar Chempionlar Ligasidan umid qilishi mumkin. Jadvalning quyi qismida 12 ochkoga ega «Peskara», 14 ochko to‘plagan «Krotone» va 15 ochkolik «Palermo» A seriyani tark etishga asosiy da’vogarlar bo‘lib turibdi. Ulardan biri faqatgina 22 ochko to‘plagan «Empoli»ni quvib o‘tishi mumkin, qolgan jamoalar esa ancha oldinda.

Fransiya 1 Ligasi kuchli beshlik chempionatlari orasida La Liga bilan birga chempionlik uchun haqiqiy kurash kechayotgan musobaqalardan biridir. Peshqadam «Monako» 68 ochko to‘plagan bo‘lsa, «PSJ» 65 ochko bilan knyazlik jamoasini ta’qib qilib kelmoqda. Birinchi davra peshqadami «Nissa» ketma-ket duranglar tufayli hozirda 63 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushgan, biroq ushbu jamoa chempionlik poygasidan chiqmagani aniq. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan «Lion» 50 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashgan. «Marsel» (45 ochko), «Bordo» (43 ochko) va «Sent-Etyen» (41 ochko) lionliklarni quvib o‘tishi qiyin. Jadvalning quyi qismida «Loryan» 22 ochko, «Bastiya» esa 25 ochko to‘plagan. Har biri 28 tadan ochkoga ega «Nansi» va «Dijon» esa xavfli zonadan chiqib ketish uchun yaxshi imkoniyatga ega, zero ularni oldindagi o‘rinlardan faqatgina 4-5 ochko ajratib turibdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:59, 13.03.2017.
O'qildi: 11977 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.