Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

YECHL. «Lester» - «Sevilya»: Prevyu

YECHL. «Lester» - «Sevilya»: Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar ligasining nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Lester» - «Sevilya» o‘yini o‘tkaziladi.

Mazkur qarama qarshilikning birinchi o‘yinida "Sevilya" 2:1 hisobida zafar quchdi. Jeymi Vardining "Ramon Sanches Pisxuan"da 73-daqiqada kiritgan goli "Lester"da umid uchqunlarini saqlab qoldi. Vaholanki "tulkilar"ning sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri shogirdlari, o‘sha uchrashuvda yirik hisobda mag‘lub bo‘lishlari ham hech gap emasdi. Shmeyxelning jonbozligi sabab "Lester" safarda o‘z darvozasidan faqat ikkita to‘p o‘tkazib ortga qaytdi. Vardining goli esa "Lester"ni Angliya Chempioni maqomiga mos ravishda Ispaniyani tark etishiga ko‘mak berdi.

Bir kundan so‘ng esa "Lester" ertakchisi, Klaudio Raneri o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Ha o‘sha autsayder "Lester"ni Angliya Premer-ligasida chempion qilgan va ko‘plab muxlislarning mexriga sazovor bo‘lgan inson o‘z ishidan olib tashlandi. Endi bu shunchaki tarixning shirin bir bo‘lagi bo‘lib qoldi xolos. Endi "tulkilar" ertagini Shekspir ismli inson yozishi kerak. Ancha yillardan buyon klubda faoliyat yuritib kelayotgan murabbiy "Lester"ning ko‘plab murabbiylari bilan birgalikda faoliyat yuritgan va futbolchilar bilan chiqishib ketishda hech qanday qiyinchilikka uchramadi. APLdagi so‘nggi ikkita uchrashuvda "Lester" ketma-ket (Lester - Liverpul 3:1), (Lester -Xall Siti 3:1) g‘alaba qozondi va "Sevilya"ga qarshi bahsga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda.

"Sevilya" esa "Lester"ga qarshi bahsdan so‘ng Ispaniyada 4ta uchrashuv o‘tkazdi. Xorxe Sampaoli shogirdlari dastlab, safarda "Betis"ni (2:1) irodali o‘yin evaziga mag‘lub etishdi. Keyin esa "Atletik" katta qiyinchilik bilan kichik 1:0 hisobida taslim etildi. Iborraning gollari esa "Sevilya"ga muhim g‘alabalarni taqdim. Lekin keyingi uchrashuvlarda Iborra gol urolmadi va "Sevilya" ham ochko yo‘qotdi (Alaves-Sevilya 1:1), (Sevilya-Leganes 1:1). Sampaoli so‘nggi uchrashuvda zaxira futbolchilariga ko‘proq imkon berdi va asosiy tarkibga bo‘lajak o‘yin oldidan hordiq olish imkonini yaratdi. Bu esa jamoani La Ligada chempionlik kurashida muhim ochkolarni yo‘qotishiga sabab bo‘lganini ham unitmaslik lozim. Bu qurbonliklar "Lester"ga qarshi bahsda zoye ketmasa bo‘lgani.

"Lester" (Angliya) - "Sevilya" (Ispaniya)
14-mart 2017 yil. Lester. "King Pauer" stadioni
Diskvalifikasiyalar: yo‘q
Jarohatlar: Molla Vag, Nampalis Mendi - Venua Tremulinas, Mikael Kron-Deli.
Birinchi uchrashuv: "Sevilya" - "Lester" 2:1

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 12:11, 14.03.2017.
O'qildi: 5379 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.