Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Server Jeparov: «Koreyaga qaytish varianti ham bor edi»

Server Jeparov: «Koreyaga qaytish varianti ham bor edi»

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Eron pro-ligasida 23-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Bu chempionatda o‘zbekistonlik ikki futbolchi - Server Jeparov va Aziz Ibragimov ham to‘p surishyapti. Milliy jamoamiz vise-sardori «Sepaxon» klubi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumni «Buxoro»da o‘tkazgan Ibragimov «Mashin Sozi» libosida maydonga tushyapti. Nihoyat, ushbu tur Jeparov uchun omadli keldi: Server Eron chempionatidagi ilk to‘pini kiritdi. «Zob-Ohan»ga qarshi kechgan bahsda Jeparov urgan golini o‘ziga xos tarzda nishonlab, stadionga yig‘ilgan muxlislarni mashhur saltosi bilan siyladi. Biz mazkur uchrashuvdan so‘ng Jeparov bilan bog‘lanib, undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Server, sizni g‘alaba va gol bilan tabriklaymiz. Keling, suhbatimiz avvalida o‘yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Bu uchrashuv biz uchun juda ahamiyatli edi. Derbi maqomidagi o‘yinlar hamisha muxlislar va mutaxassislar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Buni stadionga kelgan muxlislar soni ham tasdiqlaydi. Aytishlaricha, bu ikki jamoa turnir jadvalining qaysi pog‘onasini egallab turishlaridan qat’iy nazar, o‘zaro uchrashuvlar keskin ruhda o‘tib kelgan. Navbatdagi derbi ham shu tarzda kechdi. Biz bor imkoniyatimizni ishga soldik. Muhimi, g‘alaba qozondik va turnir jadvalidagi o‘rnimizni birmuncha yaxshilab oldik. Hisobni ochuvchi golni urganimdan xursandman.

- Bosh bilan unchalik ko‘p to‘p kiritmagansiz. «Zob-Ohan» darvozasini esa aynan bosh bilan ishg‘ol qildingiz...

- O‘sha paytda boshqacha tarzda gol urishning iloji yo‘q edi (kuladi).

- Adashmasak, hujumchilarga yaqin pozisiyada o‘ynayapsiz?

- Xuddi shunday. Hujumchi ortida to‘p suryapman.

- Klubdagi holatingizdan ko‘nglingiz to‘qmi?

- Albatta. Hammasi o‘zim xohlagandek. Muhimi, doimiy o‘yin amaliyotiga egaman.

- Eron chempionatiga yo‘l olishingiz juda ham qiziq bo‘ldi. Avvaliga Tehronning «Istiqlol» klubi bilan shartnoma imzoladingiz. Taqdimot marosimi ham o‘tkazildi. Lekin kutilmaganda «Sepaxon»da paydo bo‘ldingiz. Buni qanday izohlaysiz?

- O‘zim uchun ham kutilmagan holat ro‘y berdi. «Istiqlol» bilan shartnoma imzolagandim. Lekin FIFA Tehron klubining yozgi transfer bozoriga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishini taqiqladi. Aynan shu sabab bilan «Sepaxon» safiga qo‘shildim. Omadim bor ekan, tezda kelishib oldik. Transfer oynasi yopilishiga bir necha soatlar qolgan bir paytda Isfaxon klubi bilan shartnoma imzoladim.

- Kelishuv qancha muddatga tuzildi?

- «Sepaxon» bilan shartnomam mavsum so‘ngida nihoyasiga yetadi. Keyin «Istiqlol»ga qaytaman.

- Eron chempionatida jismoniy jihatlar ustun turadi. Futbolchilar biroz qo‘pol o‘ynashadi. Moslashish qiyin kechmayaptimi?

- Bu borada hali bir narsa deyishim qiyin. Kamida 3-4 turdan so‘ng fikrimni aytishim mumkin.

- «Lokomotiv»dan ketish qiyin bo‘lgandir? Klub rahbariyati osonlikcha qo‘yib yubormagandir?

- O‘zaro kelishgan holda do‘stona xayrlashdik. «Temiryo‘lchilar» rahbariyati qarorimga hurmat bilan qarashdi.

- Eron varianti agentlar orqali yuzaga keldimi?

- Futbol olamida do‘stlarim juda ham ko‘p. O‘zim agentlarga xorij klubida o‘ynash istagi bilan murojaat qildim.

- Boshqa takliflar ham bormidi?

- Albatta. Hattoki, Koreyaga qaytishim ham mumkin edi. Lekin alal-oqibat Eron klubiga o‘tdim.

- Keling, endi milliy jamoa mavzusida ham suhbatlashsak. Oldinda termamizni hal qiluvchi o‘yinlar kutib turibdi. JCH-2018 3-saralash bosqichining ayovsiz kechishi kutilayotgan ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyormisizlar?

- Albatta, fikru xayolimiz CHJ-2018 saralash bahslarida. Har bir futbolchi mundialga chiqish istagi bilan yashayapti. O‘yinlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi bo‘ladi.

- 23 mart kuni Kuala-Lumpur shahrida Suriya terma jamoasi mehmoni bo‘lamiz. Raqibni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Faqat kuchli ishtiyoq evaziga. Lekin suriyaliklarning imkoniyatlarini ham past baholamaslik kerak. Bu terma mezbon sifatida o‘ynagan o‘yinlarida Koreyaga ham, Eronga ham yutqazmadi. Ikkala bahsda durangga erishdi. Boz ustiga, eronlik futbolchilar ham, koreyaliklar ham Suriya terma jamoasi darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Suriyaliklar saralashning birinchi davrasida o‘z darvozalaridan bor-yo‘g‘i 2ta to‘p olib chiqishdi. Qatar terma jamoasi va biz Suriya darvozasiga yo‘l topa olganmiz. Shuning o‘ziyoq 23 mart kungi o‘yin qanchalik qiyin bo‘lishini ko‘rsatib turibdi. O‘ylaymanki, murabbiylar shtabi mazkur bahsga eng to‘g‘ri taktikani tanlaydi. O‘z vazifamizni sidqidildan bajarsak, bo‘lajak uchrashuvda g‘alabaga erishamiz. Bizni o‘zga natija qoniqtirmaydi.

- Bundan avvalgi saralash bahslarida Eronni mag‘lub etishning uddasidan chiqqanmiz. Lekin hozircha Janubiy Koreya terma jamoasidan ustun kela olmayapmiz. Bizning bu an’anaga chek qo‘yishning ham fursati yetdi. Shunday emasmi?

- Oliy maqsadga erishish uchun yo‘limizdan chiqqan barcha raqibni mag‘lub etishimiz shart. Bizning ko‘chamizda ham bayram bo‘ladi. Bunga oz qoldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 15.03.2017.
O'qildi: 9745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.