Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya 2-1 Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina 3-1 Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao - Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador - Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya - Shvesiya
26/06 04:00 Tunis - Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya - AQSh
26/06 07:00 Paragvay - Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq

«Monako» - «Manchester Siti»: Prevyu

«Monako» - «Manchester Siti»: Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar ligasining nimchorakfinalidan o‘rin olgan “Monako”-“Manchester Siti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final, javob o‘yini
15-mart 2017 yil. Monako. “Lui II” stadioni

“Monako”-“Manchester Siti”

Hakam: Janluka Rokki (Italiya)
Birinchi o‘yin: 3-5

Taxminiy tarkiblar:
“Monako”: Subashich, Sidibe, Radji, Jemerson, Mendi, Silva, Bakayoko, Fabino, Lemar, Mbappe, Falkao.
“Manchester Siti”: Kabalero, Sanya, Stounz, Otamendi, Klishi, Fernandino, Sterling, de Bruyne, Silva, Sane, Aguero.

Maydonga tushmaydi: Glik, Boskilya, Karillo, – Gabriel Jezus

O‘yin prevyusi:
Birinchi uchrashuvdagi gollar shousidan so‘ng, muxlislar Monakoda ham uning ikkinchi qismini tomosha qilishga ishonishmoqda. Leonardu Jardim shogirdlari keyingi bosqichga o‘tishlari uchun ikkita gol ursa bo‘lgani. Demak, “Monako” dastlabki daqiqalardan hujumga intiladi. Xosep Gvardiola shogirdlari esa himoyadan hujumga o‘tadigan jamoa sirasiga kirmaydi va ular ham hujumkor o‘yinga hujumkorlik bilan javob qaytarishga intilishsa ajab emas.
Birinchi o‘yinda fransiyaliklar garchand yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashgan bo‘lishsada, biroq ular hujumkor o‘yinlari evaziga Angliyada o‘z hurmatlarini saqlab qolgan holda uyga qaytishdi. To‘g‘ri Falkaoning zarbasi agarda gol bilan yakunlanganda va hisob “Monako” foydasiga 3:1 ko‘rinishiga kelganda birinchi bahs yakuni ham umuman boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Lekin Jardim shogirdlari hujumda qanday faol bo‘lgan bo‘lishgan bo‘lishsa himoyada shuncha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi.
“Monako” “Etixad” stadionidagi magl’ubiyatdan so‘ng ichki chempionatda 4ta o‘yin o‘tkazib (2:1 – Gengam, 4:3 – Marsel, 4:0 – Nant, 2:1 – Bordo) barchasida g‘alaba qozona oldi va mazkur bahsga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda.
“Manchester Siti” esa APLda ikkita va Angliya Kubogida ham ikkita o‘yin o‘tkazib 3 g‘alaba va 1 durrang qayd etdi. “Manchester Yunyated”ga qarshi uchrashuv esa qoldirilgan. Shaharliklarni YECHLda “Monako”ga qarshi bahsdan so‘ng APLda ketma ket 3ta qiyin (Liverpul, Arsenal, Chelsi) o‘yin kutayotganini ham unutmasligimiz lozim.
“Monako” (Fransiya) – “Manchester Siti” (Angliya) uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi. Bahsni Uzreport Tv orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:01, 15.03.2017.
O'qildi: 5835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик