Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

“Monako”ning g‘alabasiga ishonish uchun besh sabab

“Monako”ning g‘alabasiga ishonish uchun besh sabab

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorakfinali dastlabki uchrashuvida mehmonda 5-3 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Monako” javob uchrashuvida “Manchester Siti” qarshiligini yengib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun barcha asoslarga ega.

Dastlabki bahsda o‘yinda ustunlik qilgan va hisobda 3-2 hisobida oldinda borganiga qaramay, yakunda Jardim shogirdlari 5-3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Goal nashri «Monako»ning g‘alabasiga ishonish uchun besh asosiy sabablarni keltirib o‘tdi.

“Manchester Siti”, kuchsiz himoya?

“Manchester Siti” himoyasi kuchli beshlik chempionatlari yetakchi jamoalari orasida eng kuchsiz himoya chizig‘iga ega. Gvardiola haligacha himoya chiziqdagi muammolarni hal eta olmadi. Chempionlar Ligasi doirasida so‘nggi 6 uchrashuvda klub o‘z darvozasidan 11 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoa sardori Vensan Kompani uzoq muddatdan beri jarohatidan qutula olmayotgan bir paytda, jamoa himoya chizig‘i Sanya, Stouns – Otamendi, Kolarovdan iborat bo‘lmoqda. Monakoliklarning tajovuzkor hujum chizig‘i esa o‘z uylarida bo‘lib o‘tadigan bahsda raqibni ayab o‘tirmasligi aniq.

O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi

“Monako” o‘z uyida kuchli o‘yin namoyish etadigan klublardan hisoblanadi. Knyazlik klubi “Louis II” stadionida mavsum boshidan beri har bir o‘yinda o‘rtacha 3 gol urmoqda. “Monako” o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 16 uchrashuvning 15 tasida g‘alaba qozongan. Bu bahslarda jamoa 57 bora raqib darvozasiga yo‘l topa olgan. Koeffisiyent hisobida esa o‘rtacha 3.56 gol urmoqda. Chorak finalga chiqish uchun atigi 2 gol kifoya qilishini hisobga olsak, “Monako”da hali imkoniyatlar bor.

“Monako” ko‘p gol urmoqda

Chorshanba oqshomida muxlislarni gollarga boy uchrashuv kutib turibdi desak bo‘ladi. “Monako” hozirda ajoyib sport formasida. Manchesterdagi mag‘lubiyatdan keyin Leonardo Jardim shogirdlari 1-Ligada ikki uchrashuvni o‘z foydalariga hal qilgan. Jamoa barcha musobaqalarni hisobga olganda, 123 gol urgan. Bu ko‘rsatkich bilan knyazlik klubi Yevropadagi eng hujumkor jamoa bo‘lib turibdi.

Yosh Mbappe jamoa qutqaruvchisi

Kilian Mbappeni “Manchester Siti” ilk uchrashuvdayoq eslab qoldi. “Etihad Stadium”da gol urgan yosh hujumchi Mbappe javob uchrashuvida jamoasini xaloskori bo‘lishi mumkin. Mbappe so‘nggi 4 haftada Fransiya chempionati doirasida 7 gol urdi. Umumiy hisobda bu mavsumda uning gollari 16 taga yetdi. Jamoa bilan 2019-yilgacha bog‘langan yosh mahoratli hujumchi “shaharliklar” rahbariyatini o‘ziga qaratishi ham mumkin.

“Remontada” faqat “Barselona”ga xos emas

“Nou Kamp”dagi tarixiy “kambek”dan oldin “Monako” ham Chempionlar Ligasi doirasida “kambek” qila olgan jamoa hisoblanadi. Kimsan «Galaktika»ga qarshi. “Santyago Bernabeu”da 4-2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan jamoa o‘z uyida Lyudovik Jyulining mahorati evaziga 3-1 hisobida g‘alaba qozonib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real”ni ortda qoldirib ketgan edi. 2003-2004 yilgi o‘sha mavsumda “Monako” finalga qadar yetib borgan edi. “Manchester Siti” esa yaqin tarixida bunday qahramonlik ko‘rsata olgani yo‘q.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:55, 15.03.2017.
O'qildi: 10511 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.