«Nissa» hujumchisi Mario Balotelli faoliyatining boshida «Barselona» klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
«15 yoshimda «Barselona»da ko‘rikdan o‘tganman. U yerda 6 oy davomida shug‘ullandim. Keyin «Inter»ga o‘tdim. Nega qolmadim? Men o‘ynayotgan jamoa katta pul so‘ragan edi» - dedi Balotelli RMC xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli faoliyatini «Lumessane» klubida boshlab, keyinchalik «Inter»ga o‘tgan edi.