Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mini futbol. «Sevinch» hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi

Mini futbol. «Sevinch» hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent shahridagi «Yoshlik» sport arenasida mini futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XIII O‘zbekiston chempionatining hal qiluvchi – 3-bosqichi boshlandi.

Bugungi 1-tur doirasida «Paxtakor W» – «Sho‘rtan Lady» 1:6, «Yuzrabot» – «TATU» 2:15 uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.

«Sevinch» dastlabki tur uchrashuvini Nukusning «Qirq qiz» jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoa g‘alabaga erishgan bo‘lsada, o‘yini unchalik qovushmadi. Bu yildan jamoa safida ko‘plab yosh futbolchi qizlar faoliyatini boshlashgan. Bugungi o‘yin shuni ko‘rsatdiki, bu futbolchilarni mahoratini oshirish uchun, murabbiylar hali ko‘plab ishlarni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘yining dastlabki daqiqalaridan jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga to‘g‘ri keldi. Sayyora Jiyekbayeva futbolchilarimizning qo‘pol xatosidan unumli foydalandi va Laylo Tilavova qo‘riqlayotgan darvozamizni aniq nishonga oldi – 0:1.

Bu kutilmagan gol o‘yinchilarni sergak tortirdi va ular himoyani mustahkamlab, ko‘proq hujumlar uyushtirishdi. Bu orqali ular uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq 6ta gol urishga erishdi. Gollarga Shaxzoda Jamolova, Sevara Normurodova, Shaxnoza Qurbonova, Maftuna Shoyimova, Shodiya Tosheva va Kamola Riskiyeva mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoaning o‘yini kutilganidek chiqmadi. Bir-birlariga to‘p oshirishda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi va uchrashuvning 25-daqiqasida o‘z darvozalaridan 2-to‘pni olib chiqishga majbur bo‘ldilar. Bu golni «Qirq qiz» jamoasi o‘yinchisi Ziyodaxon Tulenbayeva urdi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni Ilvina Ablyakimova urishga muvaffaq bo‘ldi – 7:2.

Shu tariqa "Sevinch" hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi. Ertaga 3-bosqichning hal qiluvchi – markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "Sevinch" turnir karvonboshisi «TATU» jamoasi bilan bahs yuritadi. Uchrashuv 11:40da boshlanadi.

Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati, 3-bosqich, 1-tur
«Sevinch» (Qarshi) – «Qirq qiz» (Nukus) 7:2 (6:1)
16.03.2017. Toshkent sh., «Yoshlik» s/a
Hakamlar: Krisitina Sereda, Nigora Muhammadiyeva, Zilola Raxmatova, Husnora Jumayeva.
Gollar: Shaxzoda Jamolova, 7′-1:0, Sevara Normurodova, 9′-2:1, Shaxnoza Qurbonova, 13′-3:1, Maftuna Shoyimova, 18-4:1, Shodiya Tosheva, 20′-5:1, Kamola Riskiyeva, 20-6:1′, Ilvina Ablyakimova, 40′-7:2 – Sayyora Jiyekbayeva, 2′-1:1, Tulenbayeva Ziyodaxon, 25′-6:2.
«Sevinch»: 1.Laylo Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskiyeva (s), 17.Tanzila Zarbiyeva, 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.SHaxnoza Qurbonova, 25.Maftuna Shoyimova, 20.Maftuna Panjiyeva, 27.SHodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxanova, 19.Oliya Axmedova.
«Qirq qiz»: 16.Kuuanishbayeva Gulfiya, 3.Aynura Daulbayeva, 5.Banu Nisanbayeva, 6.Dilfuza Kalbayeva (s), 7.Sayyora Jiyekbayeva, 8.Dilfuza Nusriddinova, 9.Gulasel Kutanova, 11.Iroda Arazbayeva, 12.Ziyodaxon Tulenbayeva, 15.Husniyo Gancheva, 13.CHorasxon G‘aniyeva.
Ogohlantirish: Sayyora Jiyekbayeva 24.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 18:54, 16.03.2017.
O'qildi: 7774 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик