«Chelsi» hujumchisi Pedro Rodriges APL 29-turidan o‘rin olgan «Stok Siti» (18 mart) klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini aytdi.
«Stok» - o‘z kuchiga ishonadigan murakkab raqib. Unda kuchli futbolchilar jamlangan. Unga qarshi o‘ynash ham doim og‘ir bo‘lgan, ayniqsa safarda.
APL chempioni bo‘lish – orzum. Umid qilamanki, Angliya chempionatida g‘olib chiqamiz. Ammo hali yo‘l uzoq, chempionlik uchun kurash yakuniga yetmadi» - dedi Pedro Sky Sports xabarida.