Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Bugun poytaxtimizga Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti tashrif buyuradi

Bugun poytaxtimizga Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti tashrif buyuradi

Baho:
+ | -
19-20 mart kunlari Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashi va Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boshchiligidagi delegasiya mehmon bo‘ladi.    As-Saboh bundan avval 2015 yilning 14-15 iyun kunlari ham poytaxtimizda mehmon bo‘lgan va o‘shanda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi binosi bilan yaqindan tanishib chiqqandi. 
Toshkentga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Prezidenti Tomas Bax hamrohligida kelgan As-Saboh O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi qurib bitkazilgan binosiga yuqori baho bergan, bu yerda yaratilgan sharoitlar, xususan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini ham olqishlagandi.  
O‘sha vaqtning o‘zidayoq martabali mehmon o‘zbek sportining kelajagiga yuksak ta’rif berib, hali O‘zbekiston sportchilari jahonning eng nufuzli musobaqalari - Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida yuksak cho‘qqilarni zabt etishlariga aslo shubhasi yo‘qligini ta’kidlab o‘tgandi. 
Oradan bir yil o‘tib yurtimiz sportchilari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sporti tarixida eng yaxshi natijani qayd etib 13 ta medalga sazovor bo‘lishdi. O‘zbek bokschilari esa Olimpiya o‘yinlarida butun dunyoni hayratga solib 7 ta medal bilan birinchi o‘rinni egallashdi. 
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va butun dunyo Olimpiya harakati yetakchilarini O‘zbekiston delegasiyasining bu natijasi aslo hayratlantirmadi. Boisi aytib o‘tganimizdek, mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatini rivojlantirish yo‘lida olib borilgan ulkan hajmdagi ishlar kun kelib albatta o‘z samarasini berishi kerak edi. Bir so‘z bilan aytganda bu kutilgan holat edi. Shunchaki Xalqaro Olimpiya tashkilotlari rahbarlarining tahmini o‘zini oqladi holos. 
As-Saboh mamlakatimizga amalga oshiradigan bu safargi tashrifi davomida “Zangi-ota” yodgorlik majmuasini ziyorat qiladi. Shuningdek Milliy olimpiya qo‘mitasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:36, 19.03.2017.
O'qildi: 7502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик