18-19 mart kunlari Finlyandiyaning Turku shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichining “V” toifasidagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini Oleg Sokolov himoya qildi.
Italiya, Finlyandiya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Shvesiya, Avstriya, Panama, Gonkong, Xitoy Taypeyi, Venesuela va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 90 nafar sportchi orasida terma jamoamiz a’zosi shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlarda barcha raqiblarini ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, mazkur musobaqa Oleg Sokolov uchun 2017 yildagi ilk start edi va u ajoyib g‘alaba bilan boshlandi. Umid qilamizki mavsumning qolgan muhim bellashuvlarini ham sportchimiz ana shunday yuqori kayfiyatda o‘tkazib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilishda davom etadi.
«Barselona» tarkibida «tozalash» ishlari boshlandi [4929]
Hojiakbar Alijonov safdan chiqdi [4901]
Romano «Real»ning shov-shuvli transferlari haqida: «Bu hali boshlanishi» [2837]
«Barselona» Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi [2764]
«Paxtakor» FIFAdan kamida 1 million dollar midorida pul oladi [2714]
Mourinyo bu transferga «yashil chiroq» yoqdi [2520]
FIFA JCH-2026dagi tarkiblar bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi [2461]
Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini “jangchilar”ga aylantirmoqchi — The Athletic [2252]
Skaloni: «Messi JCHda o‘zi xohlaganicha o‘ynaydi» [1816]
Eldor Shomurodov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin [1751]













