«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Ferran Torresning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Biz Ferran Torres yangi mavsumda ham safimizda o‘ynashda davom etishini kutmoqdamiz va bunga umid qilamiz», — deydi Flikning so‘zlarini Sport.es.
O‘tgan mavsumda Torres barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Shuningdek, Torres Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.













