Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

APL. «Manchester Siti» – «Liverpul» o‘yinida jangovar durang

APL. «Manchester Siti» – «Liverpul» o‘yinida jangovar durang

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 29-turi doirasida «Manchester Siti» va «Liverpul»o‘rtasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Hujumkor va golli vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinda jangovar durang qayd etildi.

Gvardiola shogirdlari to‘pni nazorat qilib, kombinasion o‘yin ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsalar, mersisaydliklar qarshi hujumlarda raqibni jazolash payida bo‘ldilar. Tanaffusga qadar hisobning ochilmaganiga ko‘proq hakam sababchi bo‘ldi. Maykl Oliver har ikkala jamoa foydasiga bir necha martadan penalti belgilamadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Klishining qo‘polligi tufayli hakam "Siti" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi qo‘ydi va uni "shtatdagi penaltichi" Milner aniq amalga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Firmino o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo uning zarbasini Kabalyero bartaraf etdi.

Bahsning 69-daqiqasida Kevin de Bryuyne o‘ng qanotdan yetkazib bergan zargarona uzatmani Aguero darvozaga burib qo‘ydi — 1:1.

O‘yin so‘ngida har ikkala jamoada o‘ta qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo Lallana va Aguero (2 marta) juda yaqinm masofadan darvozaga aniq zarba bera olishmadi. Aks holda g‘alabani jamoalardan biri ilib ketishi mumkin edi.

Ushbu durang tufayli "Manchester Siti" 3, "Liverpul" to‘rtinchi pog‘onani saqlab qolishdi.

APL, 29-tur, 21:30
"MANCHESTER SITI" - "LIVERPUL" 1:1 (0:0)
Gollar: 0:1 – 51, penalti Milner, 1:1 – 69 Aguero.
Manchester Siti – Kabalyero, Klishi, Stounz, Otamendi, Fernandinyo, Sane (Fernando, 83), Ture (Sanya, 65), Sterling, Silva, de Bryuyne, Aguero.
Liverpul – Minyole, Klavan, Matip, Klayn, Koutinyo (Origi, 73), Veynaldum, Firmino (Leyva, 89), Lallana, Mane, Djan, Milner.
Ogohlantirishlar: Firmino (16), Ture (22), Matip (43), Klishi (50), Silva (50), Mane (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:24, 19.03.2017.
O'qildi: 8860 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик