Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Barselona» bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, «Valensiya»ni mag‘lub etdi

«Barselona» bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, «Valensiya»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qildi va oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Barselona" o‘yin boshidanoq hujumkor o‘yin namoyish qilib, "Deportivo"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan tezda xulosa chiqarib olganini ko‘rsatdi. Ammo kataloniyaliklar bir qator juda qulay imkoniyatlarni ko‘kka sovura boshlashdi. Yarimta vaziyatni golga aylantira oladigan Messi va Suares ikki martadan ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi.

Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab "ko‘rshapalaklar" hujumga o‘ta boshlashdi. Dastlab Munir yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmagan bo‘lsa, burchakdan yetkazilgan uzatmani Mangalya bosh bilan "Barsa" darvozasiga joylab qo‘ydi.

"Ko‘k-anorranglilar" hisobni tenglashtirishlari uchun 6 daqiqa yetarli bo‘ldi. Neymar to‘pni autdan otib berishi natijasida Suares birga-bir vaziyatga chiqdi hamda olis burchakni aniq nishonga oldi.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida "Valensiya" markaziy himoyachisi Mangalya o‘z jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatga chiqayotgan Suaresni tortib yiqitdi. Natijada u ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Messi esa penaltidan samarali foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Mezbonlar hali hakam hushtak chalmasidan avval tanaffusga g‘olib sifatida "yo‘l olishdi", shekilli, ular valensiyaliklarning hujumini o‘tkazib yuborishdi.  Xose Gayyaning uzatmasidan keyin Munir darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan ushbu futbolchi golni xursandchilik bilan nishonlamadi. Aksincha "Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislardan uzr so‘radi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganiga ko‘p bo‘lmasdan "Barsa" yana hisobda oldinga chiqib oldi. Maskerano to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Messiga yetkazdi. Argentinalik futbolchi o‘ng oyoqda yaqin burchakni nishonga oldi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda kataloniyaliklar yaratgan xavfli vaziyatlar soni yanada ko‘proq bo‘ldi. Ular imkoniyatlarni yo‘qqa chiqarishda davom etishdi. Jumladan, ikki marta to‘singa tekkani ta’kidlash lozim. Bitta farqidagi ustunlik qaltis bo‘lib, "Valensiya" bitta hujum orqali hisobni tenglashtirishi mumkin edi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida ana shu qaltislikni Andre Gomesh yo‘qqa chiqardi. U Neymarning uzatmasini yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi. Andre ham sobiq klubini darvozasini ishg‘ol qilgani uchun golni xursandchilik bilan nishonlamadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 53taga yetkazdi. Jamoa peshqadam "Real"dan 2 ochko ortda qolmoqda.

La liga, 28-tur, "Kapm Nou". 00:45
BARSELONA - VALENSIYA 4:2 (2:2)
Gollar: 0:1 – 29 Mangalya, 1:1 – 35 Suares, 2:1 – 45, penalti Messi, 2:2 – 45 Munir, 3:2 – 52 Messi, 4:2 – 89 Andre Gomesh.
Barselona – ter Shtegen, Suares, Pike, Umtiti, Inyesta, Maskerano, Rakitich (Serji Roberto, 65), Rafinya (Andre Gomesh, 74), Buskets, Neymar, Messi.
Valensiya – Diyego Alves, Mangalya, Garay, Gayya, Joau Kanselu (Bakkali, 84), Parexo, Peres, Orelyana (Abdennur, 46), Soler, Montoyya, Munir (Dzadza, 73).
Ogohlantirishlar: Peres (24), Mangalya (39), Parexo (43), Inyesta (67), Andre Gomesh (77), Messi (86), Montoyya (90).
Chetlatish: Mangalya (44).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:38, 20.03.2017.
O'qildi: 19579 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.