Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike: "Apreldagi "klasiko" chempionlik masalasini hal qilmaydi"

Luis Enrike: "Apreldagi "klasiko" chempionlik masalasini hal qilmaydi"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 2*-turida "Valensiya"ga qarshi uchrashuv (4:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz chuqur himoyada o‘ynaydigan jamoaga qarshi juda yaxshi o‘ynadik va ko‘p vaziyatlar yaratdik. Mehmonlar nomunosib tarzda hisobni ochishdi, odatda bunday vaziyatlarda bizda muammo tug‘ilar edi. Hisobni tenglashtirish uchun sabr qilib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak edi. Oxirgi daqiqagacha o‘iyn taqdiri noma’lum edi, ammo baribir maqsadimizga yetdik.

"Bernabeu"dagi "klasiko" (23 aprel) chempionlik masalasini hal qiladi, deb o‘ylamayman. Jadvaldagi kurash juda tig‘iz, oldinda ko‘plab o‘yinlar bor. G‘alaba qozonish qiyinlashib bormoqda", - deydi Enrike.

28-turdan so‘ng "Barselona" La ligada "Real"dan 2 ochko kam jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. Madridliklar zaxirasida yana bitta o‘yin bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:05, 20.03.2017.
O'qildi: 10083 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.