Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Yutuq uchun Damas o‘ynalganiga qaramay «Paxtakor» stadioniga eng kam muxlis tashrif buyurdi

Yutuq uchun Damas o‘ynalganiga qaramay «Paxtakor» stadioniga eng kam muxlis tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Oliy ligasining 3-turidan joy olgan 6 ta uchrashuv yakuniga ko‘ra muxlislar tashrifi miqdori ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Namanganning «Navbahor» klubi nafaqat 3-turdagi, balki mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. «Neftchi»ga qarshi vodiy derbisini tomosha qilish uchun stadionga 18 992 tomoshabin tashrif buyurgan.

1-turda «Navbahor» eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgandi. 2-turda esa mavsum rekordini o‘zi yangiladi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘tkazilgan olti uchrashuvda eng kam tomoshabin to‘plagani bilan ajralib turdi — 2 117. Klub rahbariyati muxlislarni stadionga jalb qilish uchun Damas avtomobilini yutuq sifatida o‘ynaganiga qaramay, bu narsa ishqibozlarga ta’sir ko‘rsatmadi.

«Paxtakor» stadioniga kirish chiptalari 10 va 20 ming so‘mdan sotilgandi. Buni o‘rtacha 15 ming deb olinsa, chiptadan tushgan pul taxminan 32 million so‘mni tashkil qiladi. Damas’ning eng arzoni esa GM saytida 34 million deb ko‘rsatilgan bo‘lib, uni ham xorijiy valyutaga sotib olish kerak.

«Paxtakor»ning 1-turdan o‘rin olgan «Qizilqum»ga qarshi o‘yinida Damas o‘ynalishi va’da qilingan bo‘lib, bu va’da uchrashuv kuni o‘z kuchini yo‘qotgan va stadionga kirish bepul qilingandi. O‘sha kuni «Paxtakor»ga 4 mingdan ziyod ishqiboz keldi. Keyinroq esa unga oliy o‘quv yurti talabalari majburan olib borilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
3-tur
Muxlislar tashrifi

«Navbahor» — «Neftchi» 1:1 (18.992)
«Buxoro» — «Obod» 0:1 (7.631)
«Qo‘qon—1912» — «Qizilqum» 1:0 (7.621)
«Sho‘rtan» — «Mash’al» 0:2 (4.751)
«So‘g‘diyona» — «Olmaliq» 3:2 (3.712)
«Paxtakor» — «Dinamo» 0:1 (2.117).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:58, 20.03.2017.
O'qildi: 10071 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.