Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Xese Rodriges: «Real» xuddi onamdek»

Xese Rodriges: «Real» xuddi onamdek»

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Xese Rodriges ayni payt «Las-Palmas»da ijarada to‘p surmoqda. Yaqinda futbolchi Marca nashriga intervyu berdi.

- «Las-Palmas»dagi dastlabki o‘yinlaringizda qiyinchilikka duch kelganingizni nima bilan izohlaysiz?

- Buni kutmagandim va o‘zimni erkin his qila olmadim. Biz to‘rt­ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Men esa birorta ham gol ura olmadim. Ishlar biz istagandek kechmadi. Bundan ham yomoni, jamoa xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirsada gol ura olmadi. Ko‘ramiz, bu qiyinchilikni qanday yengib o‘tamiz.

- «Real»da deyarli o‘n yil o‘ynadingiz. Shu davr ichida nimalarni o‘zlashtirdingiz?

- Ko‘p narsalarni. Eng avvalo, intizom va kamtarlikni o‘rgandim. Ko‘plab murabbiylar bilan ishladim. Bolaligimda bu yerda bo‘lish juda yoqardi. Boshqa futbolchilardan ko‘p narsa o‘rgandim.

- To‘rt-besh yil oldin «Oltin to‘p»ni yutib olishingiz haqida gapirgandingiz. Hamon shunday bo‘lishiga ishonasizmi?

- Hozir ushbu savolga javob berish qiyin bo‘lib qoldi. Kimlardir «U bu gaplarni to‘rt yoki besh yil oldin aytgan», deyishi mumkin. Lekin barchaga shuni eslatib qo‘ymoqchiman: «Kastilya» safida o‘ynab yurgan kezlarim gol urish borasida Emilio Butgagenyodan o‘zib ketgandim. O‘shanda bu borada Raul rekordini yangilayman, degandim. Ammo jarohat tufayli faoliyatim oqsab qoldi. Buning oqibatida shaxsiy xayotimda ham ko‘p narsa yo‘qotdim. O‘zimni himoya qilaman deb o‘yinim pasayib ketdi. Shu kabi jarohat olgan futbolchilar meni yaxshi tushunishadi. Bunday qismatni hech bir futbolchiga ravo ko‘rmayman. Bolaligimdan «Oltin to‘p» va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilganman.

- Nima deb o‘ylaysiz, vaqtingiz o‘tib ketdimi yoki bunga matbuot aybdormi?

- Bunda matbuotni aybi yo‘q. Jamoaga kerak ekanimni his qilardim va shuni maydonda isbotlardim. Buning hammasi men uchun qimmatga tushgan jarohatgacha bo‘lgan. Undan so‘ng turli muammolarga duch keldim. Natijada to‘qqiz oy davolandim. Qayt­ganimdan so‘ng esa yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadim. Keyingi mavsumda zaxiraga o‘tirib qoldim. Shu bois ham «Real»dan ketishga qaror qildim. Chunki baxtli emasdim. Vaholanki, yana bir yil shartnomam bor edi. Ketishimga sabab, har hafta o‘ynashni istayman. Shuningdek, buning boshqa sababi ham bor - milliy terma jamoa.

- «Qirollik klubi»ni tark etganingizga ko‘p bo‘lmadi. Nima deb o‘ylaysiz, «Real»da qolish uchun nima qilishingiz kerak edi?

- Ishontirib aytaman, vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘limdan kelganini qildim. O‘zimga ishonardim.

- «Real»ga qaytasizmi yoki eshiklar siz uchun yopildimi?

- Hozircha bilmayman. Ammo qachonlardir qaytaman. Bu jamoa meni futbolchi sifatida tarbiyaladi. «Real» menga hayot bergan onamdek. Tajriba to‘pladim, ko‘p narsalarni o‘rgandim va hayotimning yarmini Madridning «Real»ida o‘tkazdim. Futbolda keyinchalik nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Ayni paytda «Las-Palmas»­da o‘ynayapman va bu yerda baxtliman. Jamoa bilan yaxshi natijalarni qayd etmoqchiman. Oldinda hali o‘yinlar ko‘p va hammasini vaqt ko‘rsatadi.

- O‘sha 2014 yilgi jarohat bo‘lmaganida faoliyatingiz qanday kechishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Ha, bu haqda o‘ylaganman. O‘zimni kim bilandir tenglashtirishni yoqtirmayman. Ammo jarohat bo‘lmaganida «Real»ning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biriga aylanardim. Bunga ishonchim komil.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:07, 22.03.2017.
O'qildi: 9011 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.