Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Bugun! Suriya-O‘zbekiston

Bugun! Suriya-O‘zbekiston

Baho:
+ | -

2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun navbatdagi muhim o‘yinni o‘tkazadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Suriyaga qarshi safarda bahs olib boradi. Aslida bu uchrashuv suriyaliklar uchun ham safar maqomiga ega. Boisi, uchrashuv neytral mamlakat — Malayziyada bo‘lib o‘tadi. Boz ustiga, bahs yangi stadionga ko‘chirildi va bu maydonga hali Suriya ham moslashib ulgurmagan.

Terma jamoamiz deyarli 10 kundan beri ushbu bahsga tayyorgarlik olib borgan bo‘lsa, o‘yindan 4 kun oldin Malayziyaga yetib bordi va mahalliy sharoitga moslashishga harakat qildi.

Jamoamizda jarohatlar tufayli ayrim muammolar bor. Ammo, umid qilamiz, tarkibda jarohatlangan futbolchilarning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar yetarlicha topiladi. Eng muhimi, jamoamiz g‘alabaga ishongan holda, maydonda ishtiyoq bilan to‘p surishsa, albatta g‘alaba biz tomonda bo‘ladi.

Hozirda O‘zbekiston 9 ochko bilan "A" guruhida 3-o‘rinda bormoqda. Terma jamoamiz bugun g‘alaba qozonib, guruh peshqadami bo‘lib olish ehtimoli yo‘q emas. Sababi, asosiy raqobatchilarimiz Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari safarda Qatar va Xitoyga qarshi qiyin safar o‘yinlarini o‘tkazishadi va ular ochko yo‘qotishlari mumkin.

Kutamiz. Suriya-O‘zbekiston uchrashuvi 17:00da boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Yegor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”),  Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy),  Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”).
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Aziz Haydarov (“Ash-SHabab”, BAA), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Salamat Quttiboyev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Sepahon”, Eron), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar).
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar).

Suriya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Ibrohim Alma (“Al-Ittihod” Suriya), Ahmad Madania (“Al–Jaish”, Suriya), Mahmud Yusuf (“Viktori”, Maldiv orollari).
Himoyachilar: Ahmad Al-Solih (“Xenan Jianye”, Xitoy), Alaa Ash-SHbli (“Naft Al-Vasat”, Iroq), Muayyad Ajan (“Naft Al-Vasat”, Iroq), Hussain Jevayed (“Al-Zavra”, Iroq), Umar Midaniy (“Al-Vahda” Suriya), Hodi Al-Masri (“Al-Vahda”, Suriya).
Yarim himoyachilar: Mahmud Al-Mavas (“Umm Salal”, Qatar), Osama Omari (“Al-Vahda”, Suriya), Holid Al-Mubayed (“Al-Vahda”, Suriya), Oday Al-Jafal (“Al-Najaf”, Iroq), Tamer Muhammad (“Dofar”, Ummon), Amro Jeniyat (“Al-SHabab”, Ummon), Fahd Yusuf (“Al-Jazira”, Iordaniya), Izzeddin Al-Avad (“Al-Jaish”, Suriya), Vayel Al-Rifai (“Al-Jazira”, Iordaniya).
Hujumchilar: Omar Xarbin (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni), Nasuh Al-Nakdali (“Al Ittihod”, Suriya), Firas Al-Hatib (“Al-Kuvayt”, Kuvayt), Ahmad Al-Douni (“Al-Najaf”, Iroq), Mardik Mardikian (“Al-Jazira”, Iordaniya).

JCH-2018 saralash, Osiyo, 6-tur
"A" guruhi
16:35. Xitoy - Janubiy Koreya     
17:00. Suriya - O‘zbekiston     
21:00. Qatar - Eron

"V" guruhi
17:00. Iroq - Avstraliya     
17:00. Tailand - Saudiya Arabistoni     
20:30. BAA - Yaponiya     

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:26, 23.03.2017.
O'qildi: 9520 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.