"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone agar mavsum boshida klubga Diyego Kosta qaytganida voqealar qanday rivoj olishini tasavvur qila olmasligini aytdi.
"Diyego Kosta qaytganida nima bo‘lar edi? U bilan mavsum yaxshiroq va yomonroq bo‘lishi mumkin edi. U "Chelsi"da o‘z ishini a’lo darajada bajaryapti va jamoa muvaffaqqiyatlarining sababchilaridan biri bo‘lyapti", - deydi Simeone.
Kosta "Atletiko" sharafini 2010 dan 2014 yilgacha himoya qilgan, shundan so‘ng Angliyaga ko‘chib o‘tgan.